GELIOSEYSMOLOGIJ

GELIOSEYSMOLOGIJ (gedio…, Seys-mo…, … logiya) — Quyoshning ichki tuzilishini tadqiq qilishga qaratilgan zamonaviy astrofizika yo’nalishi. G. deb atalishiga sabab bu soha ham seysmik to’lqinlarni o’rganish asosida erning ichki tuzilishini o’rganuvchi fan — seysmologiya kabi akustik to’lqinlarni o’rganib, Quyoshning ichki tuzilishi to’g’risida ma’lumotlar to’plashga imkon beradi. G.da Quyoshning ichki tuzilishini o’rganish Dopler tezligini o’lchash, Quyosh yorqinligi va diametrining o’zgarishini qayd etishga asoslanadi. Quyosh yuzasi davriy ravishda ko’tarilib va pasay- ib (tebranib) turishi tufayli uning uzoqlashuvi va yaqinlashuvi yorug’lik spek- tral chizig’iga ta’sir ko’rsatadi. Quyosh gardishining turli qismlari spectral chiziqlarini tahlil qilib tezliklar taqsimotini Dopler effektita asosan topish usuli g.da keng qo’llaniladi. Quyosh tebranishlarini qayd etishda spectral chiziqning nihoyatda tor (angstermning yuzdan bir ulushi) sohasini o’tkaza ola- digan filtrdan foydalaniladi. Te- branish davrini katta aniqlikda o’lchash uchun uzoq vaqt (bir necha oy) davomida uz- luksiz kuzatuvlar o’tkazish kerak. Tunda va havo bulut bo’lgan paytdagi uzilish- larning o’rnini qoplash uchun Quyoshni turli qit’alardan turib kuzatish ke- rak. Shuning uchun ham g. sohasidagi tadqiqotlar xalqaro hamkorlik dastur- lari doirasida bajariladi. Bunday da- sturlardan biri — Iris loyihasida O’zbekiston FA Astronomiya in-ti ham ishtirok etadi. Toshkent viloyati- ning Qumbel tog’iga loyiha teleskopi o’rnatilgan. Tebranishlarni kuzatishdan olingan ma’lumotlar asosida konvektiv zona chuqurligi va Quyoshning ichki ayla- nish tezligi, Quyosh qa’rida tovushning tarqalish tezligi va Quyosh moddasining notiniqligi, bosim va t-raning radi- US bo’ylab tar-qalishlari o’rganiladi. G. usullari Quyosh yuzasidagi faol sohalarni ular hali paydo bo’lmasdanoq o’rganishga, uning qa’ridagi geliy miqdorini aniqlashga hamda neytrino muammolarini echishga yordam beradi. Sobit Plyosov.