GELIOSKOP

GELIOSKOP (gelio… va Yun. Skopeo — qarayman, kuzataman) — Quyosh sirti- ni ko’rib kuzatishga moslangan teleskop. Quyoshga maxsus filtrsiz teleskop b-n bevosita qarab bo’lmasligi sa-babli, Quyoshdan kelayotgan nurni kuchsizlanti- rib beruvchi turli g.dan foydalaniladi. Quyosh nurlari teleskop fokusi oldiga o’rnatilgan shisha ko’zgu (sxemaga q.) S dan qaytib, qo’shaloq prizma Pv R2 ga keladi (prizmalardan biri Rx maxsus shisha — krenglassdan yasalgan, ikkinchisi R2 ga suyuqlik to’ldirilgan), unda sinib oku- lyarga tushadi. Suyuqlikning nur sindi- rish koeffisienti krenglassnikidan kichik bo’lgani uchun okulyarga tushgan nur intensivligi ko’zguga tushgan nurnikiga qaraganda kamroq bo’ladi. Hozir Quyosh sirti asosan fotografik usullar b-n tadqiq qilinganligi tufayli g. ikkinchi darajali o’rin tutadigan bo’lib qoldi.