Geliotexnika

Geliotexnika (gelio… va tex-Nika) — texnikaning quyosh nurlarini amalda foydalanish uchun qulay bo’lgan boshqa tur energiyaga aylantirish b-n shug’ullanadigan sohasi; quyosh Energi- yasidan texnik maksadlarda foydala- nish usullari haqidagi fan. Er sirtiga etib keladigan quyosh nurlari juda katta issiqpik manbai hisoblanadi. Ana shu manbadan samarali foydalanish usul- larini topish, turli qurilmalar, ener- giya manbalarini yaratish g.ning asosiy vazifasi. Quyosh yiliga 1800 dan 3000 soatgacha nur sochib turadigan joylarda gelioqurilmalar va gelio-energetika st-yalaridan foydalanish natijasida ko’p miqdorda yoqilg’i va energiya tejala- Di. Lekin bunday qurilma va st-yalarni butun yil mobaynida birday ishlatib bo’lmasligi ulardan foydalanishni qiyinlashtiradi. Shunga qaramay, dunyo- ning ko’pgina mamlakatlarida, shu jum- ladan O’zbekistonda g.ga oid tadqiqrtlar olib borilmoqda. Mas, O’zbekistan FA energetika va avtomatika in-tida, O’zbekiston FA “Fizika-Quyosh” IICHB- ning Fizika-texnika va Materialshunos- lik in-tlarida g.ga oid ishlar bajari- ladi. “Fizika-Quyosh” IIChBga qarashli Fizika-texnika va Materialshunoslik in-tlarida, O’zbekistan FA energeti- ka va avtomatika in-ti va O’zRning bir qancha oliy o’quv yurtlarida Quyosh Energi- yasidan foydalanib binolarni issiq suv b-n ta’minlash, quyosh oshxonasi yaratish, uylarni isitish, kam quvvatli iste’mol- chilarni elektr energiyasi b-n ta’min- lash, Toshkent viloyatining Parkent tu- manida issiqlik quvvati 1 MVt bo’lgan katta quyosh san don i yordamida yuqori t-ra sharoitida i. t. ishlari amalga oshiriladi. Respublikada fundamental fanlar taraqqiyotiga aloxida e’tibor berilmokda. Materialshunoslik i.t. in- ti yuqori zichlikka va har xil spektrga ega bo’lgan nurlanishlarni moddalar b-n o’zaro ta’siri, quyosh sandonida issiqqa chidamli materiallarni sintez qilish, issiqqa va ishqalanishga chidamli elektr izolyasiya xossalariga ega bo’lgan Mate- riallar fizika-kimyoviy texnologiyala- rini yaratish va b. bo’yicha ilmiy ishlar olib bormoqda. Quyosh sandoni yordamida qo’shilmalari bo’lmagan toza metallar eritib olinadi. Quyosh energetikasining kelajagi porloq. Quyosh va vodorod ener- getikasi ekologik toza, qulay, shovqinsiz va cheksiz. Olib borilayotgan ilmiy izla- nishlar natijasida quyosh kosmik elektr stlari va quyosh nuridan foydalanib ish- lovchi turli qurilmalar va avtomobil- lar ishlab chiqarilmoqda. Kuchma quyosh elektr stantsiyalarini ko’plab yaratish ishlari tezlashtirilmoqda, ayniqsa ko’chma quyosh elektrolizyorlarini yaratish va ulardan foydalanish ekologik toza vo- dorod energiyasini olishga yordam beradi. Rabon Avezov.