Gelmgols (Helmholtz) German Lyudvig Ferdinand
Gelmgols (Helmholtz) German Lyudvig Ferdinand (1821.31.8, Pot- sdam—1894,8.9, Berlin) — nemis tabi- atshunosi. “Kuchning saqlanishi haqida” (1847) asarida birinchi bo’lib Energi- yaning saqlanish qonunink matematik jihatdan asoslab, bu qonunning umu- miyligini ko’rsatgan. Eng kichik ta’sir printsipini issiqlik, elektr va yorug’lik hodisal ari ga qo’llab, bu prin-tsipning termodinamikaning ikkinchi qonuni b-n bog’langanligini ochib bergan. U birin- chi bo’lib hammaga tushunarli shaklda elektrning atom tabiati g’oyasini il- Gari surgan. G. suyuqliklarning uyurma harakati nazariyasini rivojlantirib, mexanik va elektromagnit jarayonlarni tekshirish uchun bu nazariyaning amaliy qo’llanishiga doyr bir qancha misollar berdi. U yorug’likning elektromagnit na- zariyasini va anomal dispersiya nazariya- sini taraqqiy ettirgan. Fanga erkin va bog’langan energiyalar degan tushunchani kiritgan. Ko’rish va eshitish fiziologi- yasiga oid masalalarni ilmiy jihatdan to’g’ri talqin qilgan. G. muskullarda is- siklik paydo bo’lishini aniqlab, uni hamda nerv impulslarining tarqalishi tezligini o’lchagan.