Gelmintozlar

Gelmintozlar (Yun. helmins, helminthos — gijja, qurt) — odam, hayvon va o’simliklarda parazit chuval- changlar — gelshintlar qo’zg’atadigan kasalliklar. Odamda gijjalarning 150 dan ortiq turi uchraydi. Yashash sha- roitlari: iqlim, tuproqning holati, dehqonchilik xususiyatlari va aholining gigienik ko’nikmalari darajasiga qarab turli mintaqalarda turli xil gijja- lar uchraydi. Asosan gijjalarning 4 sinfi: nematodalar, tsestodalar, trema- todalar va akantosefallar parazitlik qiladi. Shunga ko’ra tekshirish chogida topilgan gijjaning sinfiga karab ne- matodoz, tsestodoz, trematodoz, akanto- tsefalez kabi guruhlarga ajratiladi; har bir guruhga bir necha turdagi gij- jalar kiradi. Mas, enterobioz, Aska- ridoz nematodoz guruhiga, ho’kiz so- lityori, cho’chqa solityori, keng tasmali gijjalar tsestodozlar guruhiga mansub. Odam gijjalarning oraliq yoki mutlaq xo’jayini bo’lishi mumkin. G. kechishida o’tkir va surunkali davr farq qilinadi. Olimlar orasida odamda gelmintlar- ning bo’lishi ma’lum jihatdan uning qrn guruhiga ham boglik, degan fikrlar mavjud. O’zbekistonda G.dan enterobi- oz, gimenolepidoz va askaridoz ko’proq uchraydi. Gelmintlar odamning nafas olishi, ovqat hazm qilishi, muskul si- stemasi, jigar, taloq, qon, miya, ko’z va b. a’zolarida parazitlik qiladi. Gij- jalarning xili, soni va qaysi a’zoda bo’lishiga qarab kasallik har xil kecha- Di. G.da odamning vazni hamisha kamaya- Di, u lanj, injiq bo’lib qoladi, boshi aylanadi va h. k. Gijja ichakda bo’lsa, ich qotadi yoki ich ketadi, ko’ngil Ayniy- Di, ba’zan bemor qayt qiladi, jigarda bo’lsa, ko’z oqi va badan sarg’ayadi, o’pkada bo’lsa, yo’tal tutadi. G.da ko’pincha mehnat qobiliyati pasayadi, bola yaxshi o’smaydi, xotirasi susayadi va h. k. Gijjalarning lichinkalari yoki tuxumlari topilishiga qarab tashhis qo’yiladi. Serologik reak- tsiyalar (immun fluoressentlash, bevosi- ta gemag-glyutinasiya reaktsiyalari va h. k.)dan foydalanish g.ni erta aniqpash va vaqtida tashhis qo’yish imkonini beradi. G.ning oddini olish uchun aholi orasi- da keng tushuntirish ishlari olib bo- rish, pokizalikka rioya qilish muhim. Ayniqsa, yasli-bog’chaga qatnaydigan bolalarning har biriga alohida tuvak bo’lishi va qo’llarini bot-bot sovunlab yuvib turishiga alohida e’tibor berish lozim. Aholini toza ichimlik suvi b-n ta’minlash, chala pishirilgan ovqatni iste’mol qilmaslik, ko’kat va mevalarni obdon yuvib ishlatish, xom go’sht to’g’rashga ishlatiladigan taxtakachni pishganiga ishlatmaslik g.ning keskin kamayishiga olib keladi. Ko’katlarni ishlatishdan I soat oldin 3%li osh tuzi eritmasiga so- lib qo’yib, keyin yaxshilab chayib tashlan- sa, gijja tuxumlari butkul yo’qoladi. Gijjalarning turiga qarab g.ning davo- si har xil. Bemorni davolashda yaxshi naf beradigan dorilar mavjud. Ularni faqat vrach b-n maslahatlashib qo’llash lozim. Hayvonlarning G.ni yuqtirish yo’llari turlicha. Gelmint tuxumlari yoki li- chinkalari bo’lgan em-xashak va suvni is- te’mol qilish orqali yoki gelmint li- chinkasi teri orqali organizmga kirib oladi. G. ko’pincha kasal hayvondan uning qornidagi bolasiga yuqadi. Nematoda li- chinkasi aksariyat o’simlik poyasiga yoki il- diziga bemalol kirib oladi. G. oqibatida hayvonlarning mahsuldorligi, o’simliklarning hosili kamayadi, hayvonlar o’ladi, o’simliklar nobud bo’ladi. Bu o’z navbatida xalq xo’jaligiga katta iqtisodiy zarar etkazadi. O’zbekistonda trematodozlardan fas- tsiolyoz, orientobilgarsioz, dikrose- lioz; tsestodozlardan moniezioz, ti- zantsezioz, avitellinoz, exinokokkoz, tsenuroz; nematodozlardan askaridoz va askaridioz, paraskaridoz, oksiu- roz, gemonxoz, nematodiroz, xabertioz, diktiokaulez, protostrongilidezlar q. x. va uy hayvonlarida ko’p uchraydi. G.ga qarshi kurashishda go’sht va b. mahsulotlarni veterinariya-sanitariya nazoratidan o’tkazish, tirik lichinkalar topilgan taqdirda iste’molga yaroksiz deb topish, aholi yashaydigan joylar toza- ligi, go’ngdan o’g’it sifatida foydalanish ishlari ustidan qatiy nazorat o’tkazish va b. maxsus choralar ko’rish zarur. Ad.: Azimov D. A., Trematodi — parazi- ti jivotnix i cheloveka, T., 1986; Mat- Chanov N. M., Azimov J. A., Gextin V. I., Odam va hayvonlarning ko’rinmas yovlari, T., 1977; Parmonov M., Sayidqulov B., Parmonov J., Epizootologiya, T., 1996. Shonosir Shovahobov, Jaloliddin Azi- mov, Erkinjon Shakarboev.