Gemangioma

Gemangioma (Yun. haima — qon, angeion — tomir) — qon tomirlarining xavfsiz o’smasi. Ko’pincha yosh bolalarda tomirning tug’ma ortiqcha tarmoqlaridan rivojlanadi. Bola tug’ilgan zahoti yoki sal o’tgandan keyinroq ko’zga tashlanadi, ba’zida yoshi kattalarda ham kuzatiladi. Tananing turli sohalarida, ko’proq lab, yuz va bo’yinda uchraydi. Bola o’sgan sayin G. ham kattalashadi va hiylagina joyni egallab oladi. O’z vaqtida davolanmasa, boshqa a’zolarga o’tishi mumkin. G. teri va shilliq qavatda, muskul, biriktiruv- chi to’qima va suyaklarda, shuningdek Ji- gar, buyrak va b. a’zolarda ham bo’ladi. Jarroxlik yo’li b-n o’sma olib tashlana- Di (yana q. Angioma).