Gematologiya
Gematologiya (gemo… va ..lo- giya) — qon va uni ishlab chiqaradigan ko’mikning tarkibi, funktsiyalari, kasal- liklari xaqidagi fan. G. qonni optik, elektron, fazali kontrast, fluorescent mikroskopiya, mikrokinematografiya, mikroskopik gisto va tsitokimyoviy usul- lar yordamida o’rganadi. Kon sistemasi kasalliklarini aniklashda g. punktsi- on biopsiyadan (organizmning hayotlik davrida ko’mik, limfa tugunlari, taloq, jigar hujayralari va to’qimalaridan olib tekshirish), biokimyoviy, fermen- tologik, tsitogenetik, kimyoviy-genetik, spektrositofotometrik (dezoksiribo- nuklein va ribonuklein kislotalarini tekshirish yo’li b-n), radioizotop-im- munologik, elektroforez va immuno- elektroforez, to’qimalarni kuliural o’stirish va b. usullardan foydalanadi. Gematologik kasalliklar 19-a.dan bosh- lab muntazam tadqiq qilingan. Nemis olimlaridan R. Vixrov (1845), E. Ney- Mann (1870) leykozni, ingliz vrachi T. Addison (1855) va nemis vrachi A. Bir- mer (1872) pernisioz ane-miyani, nemis olimi P. Erlix (1888) aplastik ane- miyani, frantsuz olimi g. Gayem (1898), nemis olimi o. Min-kovskiy (1900) va frantsuz olimi A. Shoffar (1907) gemolitik anemiyani tasvir etishdi. Rus olimlaridan A. A. Maksimov to- monidan kashf etilgan qon yaratili- shining unitar nazariyasi g.ning ri- vojlanishida katta ahamiyat kasb etdi. Kon sistemasi kasalliklarini klinik- morfologik usul b-n o’rganish klassik G.ning vujudga kelishiga asos bo’ldi. Olimlardan M. I. Arinin to’sh suyagini punktsiya qilish usulini (1927), I. A. Kassirskiy unda ishlatiladigan punk- tsion ninani hamda limfa tugunlari, taloq, jigar punktatlarining tsitologik diagnostika usullarini joriy qilishdi, bu usullar qon sistemasi kasalliklari- ni bemorlarda tezroq oydinlashtirish imkonini beradi, anemiyalarning tasni- Fi va davolash usullari ishlab chiqildi. O’zbekistonda aholi orasida uchraydigan gemolitik va temir tanqisligi b-n bo- Glik kamqonliklarning turlari, kelib chiqish sabablari atroflicha o’rganilgan, ularni davolashni optimallashtirish, tashhisini osonlashtirish imkoniyatla- ri ishlab chiqilgan. Hoz. yuqorida qayd etilgan kamqonliklarning ekologene- tik jihatlari aniqlanmoqda (S. M. Bahromov, X. Q. Farmonqulov, A. A. Bu- glanov, g. T. Kalmenov, X. M. Qozoqboeva, J. T. Tojiev, Q. J. Boltaev va b.). Qon yaratilishi va anemiyalarning kelib chiqish mexanizmini izotoplar yordamida aniklash katta rol o’ynadi. Amerika- lik olim V. Kasl ovqatda vitamin V|2 (tsiankobalamin) etishmasligi Perni- tsioz anemiyaga sabab bo’lishini anikla- Di (1929). 20-a.ning 60-y.lariga kelib deyarli barcha gemolitik anemiyalar- ning kelib chiqishi o’rganilib, ko’pgina yangiliklar qo’lga kiritildi. Irsiy sferositar gemolitik kamqonlikda taloqning olib tashlanishi ushbu dard- dan tuzalish mumkinligini ko’rsatdi. Gemorragik diatezlardan trombosito- penik purpurda bemor talog’ini olib tashlash, trombasteniyada unga adenozin- trifosfat kislotani buyurish maqsadga muvofiq ekanligi ma’lum bo’ldi. Tromb hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladigan preparatlar (geparin, fibri- nolizin va b.), shuningdek krnni ivituvchi sistemaning faolligini va tomirlar de- vorining pishiqligini oshiradigan Pre- paratlar (rutin va b.) ishlab chiqarildi. 20-a.ning o’rtalaridan boshlab g.ning yangi tarmog’i — immunogem atologiya ancha rivoj topdi. Unga kon guruxla- ri va rezus-faktor haqidagi ta’limot (G.ning eng muhim bo’limi — qon quyish shunga asoslanadi), organizmning o’z to’qimalariga nisbatan antitelolar paydo bo’lishi (autoimmunizasiya) va yot to’qimalarga nisbatan antitelolar hosil bo’lishi haqidagi bilimlar kiradi. Irsiy-oilaviy qon kasalliklarini har tomonlama (klinik, xromosoma, bioki- myoviy, irsiy, genogeografik, oilaviy va b. jihatdan) o’rganishga katta e’tibor qaratildi. Shu bois qon guruhlari (AVO, rezus-faktor va b. sistema bo’yicha), ular- ga nisbatan paydo bo’ladigan izoimmuni- zasiya — izoserologiya ning rivojlani- shiga, qonni quyishda tamomila bexatar- likni ta’minlash choralariga katta e’- tibor berildi. Ana shu urinishlarning yakuni sifatida amaliyotda komponent Ge- moterapiya (yaxlit qon o’rniga uning ayrim bo’laklarini — eritrositar massa, Ley- kositlar va trombositlar kontsentrat- larini quyish) keng ko’lamda qo’llanila boshlandi. Leykozlar haqidagi bilim- lar majmuasi — leykozologiyaning rivo- Ji bu kasalliklarda mono va poliximi- oterapiya usullarining ishlab chiqilishi va joriy etilishiga olib keldi. O’zbekistonlik olimlar ko’mikni ko’chirib o’tkazishda har xil immunode- pressantlar qo’llash posttransfuzion asoratlar va ularning oldini olish ma- salalari, bolalarda uchraydigan irsiy va orttirilgan qon sistemasi kasal- liklarini o’rganish, idiopatik trom- bositopeniyada jarrohlik usulidan keng foydalanish bo’yicha natijali il- miy izlanishlar olib borishdi (H. A. Hakimov, A. T. To’raev, U. A. Oltiboev, A. R. Rahmatullaev, K. K. Soliev va b.). G.ning zamonaviy yo’nalishlari: donor- lik xizmatini zamonaviy talab va im- koniyatlarga monand ravishda tashkil etish, qon o’rnini bosadigan dorilar va qon kasalliklarining ekologik gene- tik jihatlarini batafsil aniqlash va davolashni takomillashtirish va h. k. O’zbekistonda Gematologiya va kon quyish instituti, shuningdek tibbiyot in- tlarining terapiya klinikalari va ilmiy lab.lari hamda Toshkent vrachlar malaka- sini oshirish in-tining g. kafedralari- da g. sohasida izlanishlar olib boriladi. Ad.: Agranenko V. A., B a Xramov S. M., Jerebsov L. E., Komponentnaya gemotera- Piya, T., 1995; Petrov V. N., Baxramov sm., Farmankulov X. K., Jelezodefisitnie anemii, T., 1995; Najmiddinov S. T., Klinik gematologiya asoslari, T., 1998. Saidjalol Bahromov.