Gemodializ

Gemodializ (gemo… va dializ) — qonni zaharli moddalardan tozalash, qon muhiti va suv-minerallar almashi- nuvini muvozanatlash usuli. Asosan o’tkir va surunkali buyrak etishmov- chiligidya, kislotalar, ishqorlar va b. moddalardan zaharlanganda, organizmga mos qelmaydigan qon quyilgan hollarda qo’llaniladi. G.da vena yoki arteriya qoni maxsus kapillyarli dializatordan o’tkazilib, qon tarkibidan ortiqcha suv, siydikchil va b. keraksiz moddalar so’rib olinadi. Surunkali buyrak etishmovchi- ligida organizmni buyrakni ko’chirib o’tkazishga tayyorlashda asosiy muolaja hisoblanadi. O’tkir buyrak etishmovchi- ligida g. qo’llash zararlangan buyrakka dam berib, so’ngra uning faoliyati tikla- nishiga olib keladi.