Gemolimfa

Gemolimfa (gemo… va limfa) — ochiq qon aylanish sistemasiga ega bo’lgan umurtqasiz hayvonlar (bo’g’im- oyoqlilar, mollyuskalar)ning qon tomir- lari va hujayralararo bo’shliqlarida aylanib yuradigan suyuqdik. G.da oqsillar, ko’pincha nafas pigmentlari (gemoglobin, gemosianin), fagositlar, ba’zan eritrositlar bo’ladi. G. oziq mod- dalar, ko’pincha kislorodni hujayra va to’qimalarga etkazib berib, moddalar al- mashinuvi natijasida hosil bo’ladigan parchalanish mahsulotlarini olib chiqib ketadi.