Gemonxoz

Gemonxoz — qo’y, echki, qoramol, tuya va b. kavsh qaytaruvchi hayvonlar shirdonida Haemonchus turkumiga man- sub nematodalar qo’zg’atadigan gelmIn- toz kasallik. 6 oylik qo’zilarda bahor va yoz fasllarida, bir yoshli qo’ylarda esa qish oxiri va erta bahorda uchraydi. Ka- sallik qo’zg’atuvchi nematoda (gemonxus) shirdonda, ingichka ichaklarda parazit- lik qilib, tuxum qo’yadi. Tezak aralash tashqariga tushgan tuxumlardan bir sut- kada lichinkalar chiqadi, 4-5 sutkada invazion (yuqadigan) holatga keladi. Hayvonlar suv yoki o’t b-n lichinkalarni yutib, g. b-n kasallanadi. Kasallangan hayvonning ishtahasi yo’qoladi, ichi ke- tadi, oriqlaydi. Lichinkalar shirdonga tushib, po’st tashlaydi, shilliq parda- ga yopishib rivojlanadi, etuk erkak va urg’ochi gemonxuslarga aylanadi. Gemon- xuslar hayvon organizmida bir yilcha yashab, so’ngra parazitlik qobiliyatini yo’qotadi, tezak b-n tashqariga chiqarib tashlanadi. Davosi: G. b-n kasallangan hayvonlar fenotiazin, fen-bendazol, nilverm, naftamon, morantel-tartrat b-n davolanadi. Oldini olish: katta yosh- dagi qo’y va echkilar bahorda va yoz oxirida degelmintizasiyalanadi, fenotiazin- tuz aralashmasi ichiriladi; yaylovlar o’zgartiriladi.