Gemorragik diatez
Gemorragik diatez (Yun. hai-morrhagikos — qon ketishiga moy- il, diathesis — moyillik ) — qon ke- tishiga moyillik b-n davom etadigan turli holatlar (teri, bo’g’imlarga qon quyilishi; burun, milk qonashi, bacha- don, buyrakdan qon ketishi, pichoq kes- ganda, tish oddirganda ko’p qon ketishi). Arzimagan sabab (mas, kichik jarohat yoki lat eyish) b-n to’satdan qon oqishi yoki to’qimaga quyilishi mumkin. G. D.da anchagina to’qimalarga bir talay qon quyiladi, qon ketishi esa uzoq davom etib, hadeganda to’xtatib bo’lmaydi. To’qimalarga qon quyilganda, mas, teri va shilliq qavatlarda maydamayda nuqtalar paydo bo’ladi yoki ular “qontalashib” qoladi. Qon ivish jarayoni hamda to- Mir devori o’tkazuvchanligining buzili- shi natijasida ro’y beradi. G. D. irsiy (q. Gemofiliya) yoki hayotda orttiril- gan bo’lishi mumkin. Irsiy G. D. yaqin qarindoshlar nikohidan tug’ilgan bo- lalarda ko’proquchraydi. Hayotda ortti- rilgan g. D. qon tizimi kasalliklari- ning asorati bo’lishi va turli yoshdagi kishilarda uchrashi mumkin. Ko’p qonash holati qonning ivish xususiyatini Pa- saytiradigan dorilar qabul qilinganda, shuningdek organizmda vitaminlar (Xu- Susan, askorbin kislota va rutin) etish- maganda, ovqat tarkibida yangi sabzavot va mevalar bo’lmagan hollarda ham kuza- tiladi. Kasallik sababini faqat vrach aniqlab, davo tayinlaydi. G. D. vitamin etishmasligi okibatida yuzaga kelgan bo’lsa, askorbin kislota va rutinga boy ovqatlar (yangi olma, qora smorodina, na’matak, tsitruslar va b.) eyish tavsiya etiladi. Kasallikning oldini olish uchun tibbiyot-genetika maslahatxonasi mutaxassislariga uchrashish; hayotda ort- tirilgan xilida yuzaga keltirgan omil- larni bartaraf etish lozim.