GEMOTERAPIYA

GEMOTERAPIYA (gemo… va terapiya) — qon bilan davolash. Buning uchun bemorga konservalangan qon va uning tarkibiy qismlari (plazma, eritrositlar, lepkositlar va trombositlar) quyiladi, shuningdek qondan tayyorlanadigan Preparatlar: albumin (organizmda oqsil etishmaganda), fibrinogen, gemofiliyaga qarshi globulin, gamma-globulin, trombin va boshqalar qo’llaniladi. Bemorning o’z qonini o’ziga (teri ostiga yoki muskul orasiga) yoki donordan olib quyish — autogemoterapiya amalda keng rasm bo’lgan.