Gendel (Handel) Georg Fridrix
Gendel (Handel) Georg Fridrix (1685.23.2, Galle – 1759.14.4, London) — nemis kompozitori. 1706-10 y.larda Italiyada yashab, klavir va organ ijrochi- si sifatida Shuhrat qozongan. 1717 y.dan Angliyada yashagan. 1720-41 y.larda London opera teatri (Qirol musiqa akademiyasi)ning rahbari. “Rinaldo” (1711), “Radamist” (1720), “Yuliy Tse- zar” (1724), “Richard I” (1727), “Kserks” (1738) kabi 40 dan ortiq tarixiy ope- ra yozgan. Sharq mavzularida “Temur” (1724), “kir, Forsiya podshosi” (1728), “Por, Hindiston podshosi” (1731) ope- ralarini yaratib, ular tarkibiga ekzo- tik sahnalar kiritgan. Oratoriya Jan- rini tubdan qayta ishlab, monumental. ulug’vorlik va dramatizm b-n sugorilgan asarlar ijod qilgan. G. xor musiqasi ustasi, shuningdek ommabop, ta’sirchan musiqa uslubini yaratgan. Kantatalar, orkestr va organ kontsertlari, cholg’u Syu- ita, Sonata, ochiq havoda ijro etishga mos “suv sathi musiqasi” (1716), “Mu- shakbozlik musiqasi” (1749) va b. asar- lar muallifi. London (1843), Leypsig (1856), Galle (1955) sh.larida g. jami- yatlari tashkil etilgan. 1952 y.dan Galle sh.da g. musiqa bayramlari o’tkaziladi.