General-kapitan
General-kapitan-Yevropadagi ko’plab davlatlar armiyalarida XIV asrdan boshlab oliy harbiy unvon. XVI-XVII asrlarda keng tarqalgan bo’lib, Napoleon urushlaridan so’ng faqat Ispaniya va uning mustamlakalarida saqlangan. Ilk bor 1370 yili Venetsiyada joriy etilgan va u respublika flotining qo’mondoni bo’lgan (XVIII asr oxirigacha) XVI asr-XIX asr boshlarida Ispaniyaning Amerikadagi mustamlakalarida General-kapitanlar boshqaruvi ostida bo’lgan hudud general-kapitanlik deb nomlangan. U rasman vitse-qirolliklar tarkibiga kirgan, amalda esa mustaqil ma’muriy-siyosiy birlik bo’lgan.