Generativ organlar
Generativ organlar (lot. genero — yarataman, hosil qilaman) — o’simliklarning jinsiy ko’payish funktsiyasi b-n bog’liq bo’lgan organlari. Vegetativ va jinssiz ko’payish organ- lari b-n birga reproduktiv organlar- ga kiradi. Turli sistematik guruhdagi o’simliklarda g.o. ham turlicha bo’ladi. Sporali o’simliklarning g.o. anteri- diy va arxegoniy, gulli o’simliklarning bunday organi erkakli gametofiti va murtak xaltasi hisoblanadi. Urug’li o’simliklarda evolyusiya natijasida hosil bo’lgan gul ham g. o. deyiladi. Tuban suv o’tlarida g.o. ixtisoslashma- gan bo’lib, faqat fiziologik jihatdan o’zaro farq qiladi. Ochiqurug’lilar G. o. reduktsiyaga uchragan. Gul changchilari- ning to’plami androsey, urug’chilarining to’plami ginesey deb ataladi.