Generator
Generator (lot. generator — ish- lab chiqaruvchi) — tashqi energiya man- Bai hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yoki energiyani bir turdan ikkinchi turga o’zgartiruvchi qurilma; apparat yoki mashina. Mac, atsetilen G.i, muz g.i, bug’g.i, gaz g.i, elektr g. i va h. k. Xususan, elektr g.lari o’zgarmas tok, o’zgaruvchan tok g.lariga bo’linadi. G. tushunchasi o’zgaruvchan va o’zgarmas tok elektr mashinalariga ham, elektr tebranishlarini hosil qiluvchi asbo- blarga ham bir xil qo’llaniladi. Birin- chi holda, mexanik energiya elektr ener- giyasiga aylantirilsa, ikkinchi holda manbaning elektr energiyasi ma’lum chastotali, kerakli shakl va quvvatli te- branishlar energiyasiga aylantiriladi. G.ning umumiy makromodeli quyidagi sxemada ko’rsatilgan. G.lar asosan tur- li ko’rsatkichlar asosida yaratiladi. G.larning elektr mashina, lampa, tran- zistor; mikrosxemali, yoyli, impuleli, gidroturbina, bug’turbina, har xil cha- stotali, molekulyar va b. xillari bo’ladi. Misol tariqasida standart signal Ge- neratorining tuzilishini ko’rish mum- kin (sxemaga q.). Ularning ko’pchiligi 50— 100 kgs dan bir necha ming MGs gacha chastotada ishlaydi. G.ning asosiy funktsional qismini 50 kgs — 30 MGs chegarada ishlaydigan signal genera- torlari tashkil etadi. Uning chastota- si maxsus chegaralangan diapazonlarda va o’zgaruvchan sig’imlar yordamida bir tekis sozlanadi. Chastotani o’zgartish aniqpigi, odatda, 0,5—1,5% oralig’ida bo’ladi. Signal G.dan modulyatorga beri- ladi. Modulyatorda signal amplitudasi bo’yicha modulyasiyalanadi. Modulyasiya- lovchi signal vazifasini ichki past cha- stota g.i (/=1000 Gts) va tashqi ulangan G.lar bajarishi mumkin. G.lar radio – uzatish, radioqabul qilish va televizion qurilmalarda, o’lchov texnikasida, turli texnologik jarayonlarda, fan va texni- kaning turli sohalarida qo’llaniladi. Ular yordamida ko’plab elektrotexnika va radioelektronika qurilmalari yaratil- GAI, yangi “generatormashina” tizimlari ishlab chiqariladi (q. Elektrmashina Ge- neratori, o’lchash generatori).