Genetik kollektsiya

Genetik kollektsiya – belgi va xususiyatlari b-n o’zaro o’xshash va ular- ning rivojlanishini ta’min etuvchi genlar bo’yicha gomozigotali organism liniyalari yig’indisi. Ilmiy va meto- Dik asoslangan fundamental genetic tadqiqotlar uchun baza hisoblanadi. Se- lektsiyada yangi nav darajasiga etish ara- fasida turgan kelajak nav selektsion li- niya deb ataladi. G.k.ni tashkil etadigan genetik liniyalar quyidagi guruhlarga bo’linadi: toza liniyalar yoki izogen li- niyalar. Ularni yaratish uchun o’z-o’zidan (bug’doy, no’xat) yoki qisman chetdan Chan- glanuvchi o’simliklardan foydalani- ladi. Mas: guzaning izogen liniyalari bir necha yil o’z-o’zidan changlantirish (inbriding usuli) va tanlash natijasi- da yaratildi;inbred yokiinsuxt liniyalar (ilgari “inbred” atamasi hayvonlar, “insuxt” atamasi o’simliklar genetika- sida qo’llanib kelingan, hozir ko’proq “inbred liniya” atamasi qo’llanilmoqda) ni yaratishda chetdan changlanuvchi o’simliklar, mas, makkajo’xorini ko’p yillar davomila majburan o’z-o’ziga chatishtirish va tanlash orqali uning inbred liniyasi yaratiladi. Inbriding uzoq yillar davom ettirilsa inbred li- niyalardan izogen liniyalar yaratilishi mumkin; autbred liniyalar o’simliklarda turlararo chatishtirib olingan dura- gaylardan eksperimental poliploidiya orqali hosil qilingan amfidiplo- ID liniyalar; tsitogenetik liniyalar o’simliklarning xromosomalari soni va tuzilishi bo’yicha yaratilgan liniyalar. O’zbekistonda g’o’za bo’yicha yaratilgan va yuqorida aytib o’tilgan to’rt xil lini- yalar majmuasidan iborat g.k. asosan UzMU va 1992 y.dan boshlab O’zbekistan FA Genetika va o’simliklar eksperimen- tal biologiyasi in-ti b-n hamkorlikda yaratildi va rivojlantirilmoqda. Bu G.k. 40 yildan ortiq davr ichida olib borilgan klassik genetika (mendelizm), mutasion genetika, fiziologik gene- tika va tsitogenetika sohasidagi Fun- damental i. t.larning natijasidir. Kollektsiyadagi izogen va mutant lini- yalarning umumiy soni 200 dan ortadi. Tajriba natijasida olingan lini- yalar kasalliklarga, zararkunanda hasharotlarga, noqulay tabiiy sha- roitlarga (qurg’oqchilik, sho’rxoklik) chidamliligi b-n ajralib turadi. G’o’za genetik kollektsiyasining izogen, mutant, Amfidiploid, monosom lini- yalari fundamental va amaliy genetik, molekulyar, ekologik tadqiqotlar uchun hamda yangi navlar yaratishda selek- tsion ishlar uchun boshlang’iya materi- al sifatida samarali ishlatilmoqda. Ad.: Musaev D.A., Geneticheskaya kol- lektsiya xlopchatnika i problemi na- sledovaniya priznakov. T., 1979. Sharifjon Turabekov.