Geniy

Geniy-Rim mifologiyasida dastlab ma’bud, urug’ning bobokaloni, keyinchalik erkaklik xudosi, erkak botiniy kuchi va qobiliyatlarining mujassami. Har bir erkak o’z Geniysiga ega deb hisoblangan. Geniy erkak fe’l-atvorini shakllantiradigan, uni umri davomida muhofaza qiladigan ezgu kuch sanalgan. Rimliklar Geniy timsolida oila, jamiyat, shahar va butun xalqning homiylarini ham e’zozlaganlar.