GENLARNING O’ZARO TA’SIRI

GENLARNING O’ZARO TA’SIRI – genlarning belgilar rivojlanishida- gi ishtiroki. Bir genning o’zi bir necha xil belgilar rivojlaiishiga hamda bir necha xil genlar bir belgining ri- vojlanishiga ta’sir ko’rsatishi mum- kin. Bunday ta’sir bir gen allellari (allelli ta’sir) yoki turli genlarning allellari (allel bo’lmagan ta’sir) ora- sida sodir bo’ladi. Genlarning allelli o’zaro ta’sirini o’rganish natijasida Mendel qonunlari kashf etilgan. Or- ganizmlardagi ko’pchilik belgilarning irsiylanishi faqat bir gen emas, bal- ki allel bo’lmagan bir necha genlar- ning faoliyatiga ham boglik. Allel bo’lmagan g. o’. t. komplementar, epistaz, polimeriya, kombinirlangan (aralash), pleyotrop ta’sir xillariga bo’linadi. 1.G. o’. t.ning komplementar (to’ldiruvchi) ta’siri, ya’ni komplementariya ikki yoki undan ortiq allel bo’lmagan gen- larning o’zaro ta’siri tufayli orga- nizmda ota-onada kuzatilmagan yangi belgi rivojlanadi. Mas, tovuklarda tojning gulsimon va no’xatsimon shak – llari bargeimon (oddiy) shakliga nis- batan dominant hisoblanadi. Gulsi- mon tojli tovuqlar no’xatsimon tojli xo’rozlar b-n chatishtirilganda G’rda yong’oqsimon tojli tovuqlar olinadi. Yong’oqsimon tojli parrandalar o’zaro chatishtirilganida G’^a yong’oqsimon, gul- Simon, no’xatsimon va bargsimon tojli tovuqlar 9:3:3:1 nisbatda to’rtta fenoti- pik sinflar olinadi. G’,da kuzatilmagan yangi belgi, ya’ni yong’oqsimon tojning ri-vojlanishi gulsimon tojni rivoj- lantiruvchi, mas, A geni b-n no’xatsimon tojni rivojlantiruvchi dominant V genining o’zaro komplementar ta’siri- ga bog’liq. Ota-ona sifatida olingan gulsimon tojli tovuklar o’z geno-tipi- da gulsimon tojni nazorat qiluvchi A genining dominant allellariga hamda no’xatsimon tojni boshqaruvchi V Ge- nining resessiv allellariga (aavv), ota sifatida olingan no’xatsimon toj- li xo’rozlar esa, aksincha — aavv geno- tipga ega bo’lgan. Ota-ona va birinchi avlod parrandalarining genotipini quyidagicha ko’rsatish mumkin: R 9 aavv (gulsimon tojli) X S aavv (no’xatsimon tojli) G’, aavv (yong’oqsimon tojli). Belgilarning komplementar tip- da irsiylanishi 9:7; 9:6:1; 9:3:4 nisbatda ham bo’lishi mumkin. 2.G.o’.t.ning epistatik tipi, epistaz — bir genning allellari boshqa genlar al- lellarining faoliyatini bosib turishi- dan iborat. Mas, A>V yoki V>A, a>V yoki v>A. Allel bo’lmagan genlar faoliyatini bosib turuvchi allel genlar supressor- lar yoki ingibitorlar deb ataladi. Ular dominant yoki resessiv holatda bo’lishi mumkin. Dominant epistaz ta’siri- da bir genning dominant alleli boshqa allel bo’lmagan gen faoliyatini bosib turadi. Dominant epistazda belgilar ajralishi G’2 da 13:3 yoki 12:3:1 nisbat- da sodir bo’ladi. Resessiv epistaz bir tomonlama yoki ikki tomonlama bo’lishi mumkin. Birinchi holda bir gen Reses- SIV allelli gomozigota holatda boshqa genning dominant yoki resessiv allella- ri faoliyatini bosib turadi, ya’ni AA>V yoki AA>vv bo’ladi. Bu holda G’2 da bel- gilar 9:3:4 nisbatda ro’y beradi. Ikki tomonlama resessiv epistazda AA>V-, vv>A – bo’lganidan, fenotip bo’yicha AJ- ralish G’2 da 9:7 nisbatda sodir bo’ladi. Z.G.o’.t.ning polimeriya tipi, ya’ni poli- meriya — bir belgining rivojlanishiga ikki va undan ortiq allel bo’lmagan gen- larning bir xilda ta’sir ko’rsatishidan iborat. Bunday polimer genlar bir xil harf b-n belgilanib, bir-biridan in- dekslari orqali farq qiladi. Mac, A,A,a2a2a,a,A,A2; ada^ yoki a,a,a2a2. Polimeriya holida nasldan-naslga o’tish kumulyativ va nokumulyativ tipda bo’ladi. Kumulyativ polimeriyada feno- tipda paydo bo’ladigan belgi dominant allellarning soniga bog’liq, nokumulya- TIV polimeriyada esa belgining rivoj- lanishi dominant allellarning soniga bog’liq emas. Kumulyativ polimeriyaga misol qilib 1908 yilda shved olimi g. Nilson-ele o’tkazgan tajri-ba natija- sini keltiramiz. To’q qizil va oq donli bug’doy irqlarini chatishtirib birinchi avlodda (G’,) donlari qizil bo’lgan dura- gay o’simlik olinadi. Ular o’zaro chatish- tirilganida G’, da rangi (to’q qizildan och qizilgacha) va oq rangli bo’lgan o’simliklar 15:1 (15 ta rangli 1 ta oq) pay- do bo’ladi. Donlar 15:1 bo’lgan. 15 qism don rangining to’q qizildan och qizilgacha o’zgarishi ular genotipidagi qizil rang- ni ta’min etuvchi dominant gen allella- rining soniga bog’liq. Bu misolda kelti- rilgan bugdoy navlari ikki juft poli- mer genlar b-n bir-biridan farq qiladi. Nokumulyativ polimeriyaga achambiti o’simligida qo’zoq mevasi shaklining irsiylanishi misol bo’ladi. Achambiti mevasining uchburchak shakli oval shakli ustidan dominantlik qiladi. Uchburchak mevali achambiti oval mevali o’simlik b-n chatishtirilganda F, da uchburchak me- Vali duragaylar, F2 da esa 16 o’simlikdan 15 tasining mevasi uchburchak, bittasi oval bo’ladi. Bu misolda ham ota-ona o’simliklar ikki juft polimer genlar orqali bir-biridan farq qiladi. Ammo F, da o’simliklar mevasining uchburchak shakli dominant allellarning soniga bog’liq emas. Mas: 4 ta (A,A,a2a2) yoki faqat 1 ta (A,a,a2a2 yoki a,a,A2a2) domi- Nant allel bo’lganida ham meva uchburchak bo’ladi. Shunday qilib, uchburchak mevali o’simliklarning rivojlanishi dominant allellarning soniga bog’liq bo’lmaydi. 4.G.o’.t.ning kombinirlangan tipi. Bir belgining rivojlanishida bir vaqtning o’zida komplementar, epistaz, polime- riya, pleytropiya tiplarining birgalik- da ta’sir ko’rsatishidan iborat. Bu holat, odatda, genom tuzilishi murakkab bo’lgan allopoliploid organizmlarda kuzati- ladi. Bu tipdagi ta’sir chigit ustidagi tuk va tola qatlamining irsiylanishini o’rganish jarayonida aniklangan. Chigit tu- klarining rivojlanishini to’rtta allel bo’lmagan genlar — I-i, Ft,—ft,, Ft2—ft2 va Fc—fc nazorat qiladi. Ta’sir qilish xususiyatiga binoan bu genlar uch guruhga bo’linadi: 1) gen-ingibitor (I-i); buning dominant alleli gomozigota (II) va Gete- rozigota (I) holatda asosiy (Ft,, Ft2) va yordamchi (Fc) genlar ta’sirini to’xtatib qo’yadi va fenotipik Ji-hatdan tuksiz chigit rivojlanadi; 2) asosiy genlar — Ft,—ft, va Ft2—ft,. Ular dominant al- lellar bo’lib, polimeriya tipida ta’sir ko’rsatib, chigitning mikropileda tu- klarining rivojlanishini nazorat eta- Di. Bu genlar faqat gen ingibitorning resessiv gomozigota (ii) holatida va yor- damchi (Fc—fc) genning allel holatiga bog’liq bo’lmagan holda ta’sir etadi. Mikropileda tuklar fenotipda namoyon bo’lishi darajasi genotipdagi asosiy genlarning dominant allellari soniga bog’liq; 3) yordamchi gen — Fc—fc. Uning dominant alleli asosiy genning biror dominant gomozigota holati b-n o’zaro ta’sir qilib, chigitning xalaza va yon qismlarida tuklarning rivojlanishini nazorat qiladi. Yordamchi gen dominant gomozigota holatda (Fsfsda) chigit bir tekis va qalin tuk b-n qoplanadi, Gete- rozigota (Fcfc) holatida esa tuklar Note- kis rivojlanadi. Shunday qilib, chigit tuklari poligenlar (epistaz, polimeriya, komplementar), asosiy va yordamchi gen- lar hamda gen-modifikatorning o’zaro murakkab ta’siri natijasida rivojla- nadi. Chigit uzun tolasining rivojlani- shini kamida ikki guruhga mansub genlar nazorat qiladi. Polimer genlar funktsi- yasiga ko’ra ikkiga bo’linadi: asosiy — 1LL—nl va LiD—liD; hamda yordamchi. Yordamchi genlar asosiy genlarning Fe- notipik rivojlanishini kuchaytirish xususiyatiga ega. Ular genotipda asosiy polimer genlarning dominant allel- lari bo’lganida ta’sir ko’rsatadi. Chi- git tuklari rivojlanishini nazorat qiluvchi asosiy genlar Ft,, Ft2 tolani chigitning ma’lum qismida rivojla- nishiga pleyotrop ta’sir ko’rsatadi. 5. Genlarning pleyotrop ta’siri — bir genning bir necha belgilar rivojlani- shiga ta’siri. Mas; Qorako’l qo’ylari qo’zilarida junning kulrangi (Sheroziy) dominant gen tomonidan boshkariladi. Ana shu gen bo’yicha dominant gomozigota- li bo’lgan qo’zichoqlar tug’ilgandan so’ng sutdan chiqqach oshqozon-ichak yo’lining to’liq rivojlanmaganligi sababli no- bud bo’ladi. Demak, junning kulrangini rivojlantiruvchi dominant gen gomo- zigota holatda hazm qilish sistemasida nuqsonning paydo bo’lishiga olib kela- Di. Drozofilada ko’zning oq rangini bel- gilovchi gen pushtning kamayishi va ular hayotining qisqarishiga sabab bo’ladi. Sharifjon Turabekov, Miradham Abza- lov.