Genokopiya
Genokopiya (gen… va lot. Copia — ko’p) — har xil genlarning allel- lari tomonidan nazorat qilinadigan fenotipning bir xildagi o’zgarishi. G. kelib chiqishining sababi belgilarning ko’p genlar tomonidan boshqarilishidir (q. Genlarning o’zaro ta’siri). Hujayrada molekula biosintezi ko’p bosqichda amalga oshishi tufayli bit- ta — biokimyoviy yo’lning turli bosqichlarini nazorat qiluvchi har xil genlarning mutasiyalari bir xil na-tijaga, ya’ni reaktsiya zanjiri eo’nggi mahsulotining hosil bo’lmasligiga, binobarin, fenotipning bir xilda o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Mac; drozofila pashshasining har xil xromo- somalarida joylashgan genlar resessiv allellarining har biri mustaqil ra- vishda ko’zning aynan o’sha bir xil yorqin- qizil rangini ta’min etadi. Bunda re- tsessiv allellarning har biri qo’ng’ir pigment sintezining bosqichlaridan birini buzgan bo’ladi. G. muammosi tib- biyot genetikasida aktual hisoblanib, agar ota-onalar o’xshash kasalliklarga ega bo’lishsa, u holda ularning avlodla- rida irsiy kasallikning namoyon bo’lish ehtimolligini oldindan aytib berish imkonini beradi.