Genotsid

Genotsid (yunoncha genos-urug’, qabila va lotincha caedo-o’ldiraman)-xalqaro jinoyatlarning bir turi: irqi, millati, dini, etnik tarkibiga ko’ra aholi guruhlarini yoppasiga yoki qisman jismonan qirib yuborishga qaratilgan harakat. 2-jahon urushi davrida gitlerchilar Germaniyasining slavyan va yahudiy millatlariga mansub aholi (taxminan 12 million kishi)ni ommaviy qirg’in etishi. Pol Pot va Iyeng Sari to’dasinining Kampuchiya xalqiga qarshi vahshiyona jinoyatlari (ular oqibatida 3 million kishi yo’q qilib yuborildi) va hokazolar. Genotsidning eng ashaddiy ko’rinishi hisoblanadi.