Genrix

Genrix (Heinrich) — Ger- maniya qirolligi va “Muqaddas Rim imperiyasi”dagi qirollar. Eng mashhurlari: Genrix I (taxm. 876-936.2.7. Memle- Ben, Saksoniya) — Germaniya qiroli (919 y.dan). Saksoniya sulolasining asoschisi. Shvabiya va Bavariya gerso- glarining isyonini yon berishlar yo’li b-n bostirgan. Lotaringiyani qo’shib olgan (925), polab slavyanlari erla- rini bosib olishni boshlab bergan. Genrix III (1017.28.10-1056.5.10) -Germaniya qiroli va “Muqaddas Rim imperiyasi” imperatori (1039 y.dan). Italiyaga qilgan yurishida (1046-47) u b-n raqobat qilgan Pa- palar papalik taxtidan tushirilgan. Genrix IV (1050.11.11-1106.7.8, Lens) — Germaniya qiroli va “Muqaddas Rim im- periyasi” imperatori (1056 y.dan). Fran- konlar sulolasidan. Cherkov hokimiyati unvonlari uchun Rim papalari (grigo- riy VII va b.) b-n kurash oli b borgan. Genrix V (1081.8.1-1125.23.5, Utrext) — Germaniya qiroli, “Muqaddas Rim imperiyasi” imperatori (1106 y.dan). Frankonlar sulolasidan. Cher- kov hokimiyati unvonlari uchun Pa- palar b-n bo’lgan urushni Vorms kon- kordata b-n tugatgan. G. V vafoti b-n frankonlar sulolasi barham topgan. Genrix VI (1165, Nimvegen — 1197.28.9, Messina) — Germaniya koroli va “Muqaddas Rim imperiyasi” impera- tori (1190 y.dan). Shtaufenlar sulo- lasidan. Sisiliya taxti merosxo’riga uylanishi b-n Sisiliya qirolligini shtaufenlar mulkiga qo’shib olgan. Genrix VII (taxm. 1275-1313.24.8, Sie- na yaqinida Buonkonvento) — Germaniya qiroli va “Muqaddas Rim imperiyasi” imperatori (1308 – y.dan). Lyuksem- burglar sulolasidan. O’g’li (Yan Lyuk- semburg)ning Chex qiroli bo’lib sayla- nishiga erishgan. Italiyani qaytadan imperiyaga bo’ysundirish uchun 1310 y. uning hududiga bostirib kiradi, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.