Gent, gan
Gent, gan — Belgiyaning shim.- g’arbidagi shahar, lis va Shelda Daryo- lari qo’shilgan joyda. Sharqiy Flan- driya provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi shahar atrofi b-n 230,2 ming kishi (1992). G. yozma man- balarda 7-a.dan boshlab tilga olingan. Transport yo’llarining tuguni. G. ahamiyati jihatidan mamlakatda 2-o’rindagi dengiz porti (yuk ortish va tushirish yiliga 25 mln. t). Kanal orqali shim. dengizga chiqiladi. G. Bel- giyaning asosiy. sanoat markazlaridan biri. To’qimachilik (ip gazlama) sanoati qadimdan (10-a.dan) rivojlangan. Mashi- nasozlik, metallsozlik, elektrotexnika, kimyo, oziq-ovqat, qog’oz sanoati korxona- lari bor. Qadimdan to’r (krujeva) to’qish b-n mashhur. Eksport uchun gul etishti- riladi, gullar ko’rgazmasi o’tkaziladi. Chetdan paxta va zig’ir tolasi, kumir, neft maxsulotlari keltiriladi. Urta asr me’moriy yodgorliklaridan gotika sobori (12-16-a.lar), shahar minorasi (12-14-a.lar) saqlanib qolgan. G. fla- mand xalqi madaniyatining markazi. Un-t (1817), muzeylar bor. Turizm rivojlan- gan. Shaharga 7-a.da asos solingan. G. o’rta asr flamandlar shahri qiyofasini saqlab qolgan.