GEOFIZIK ANOMALIYALAR
GEOFIZIK ANOMALIYALAR – Er fizik maydoni qiymatining tog’ jinslari fizik xususiyatlaridagi farqi va ular tuzilishi hamda tarki- bining bir xil emasligi sababli umu- miy (normadagi) qiymatdan og’ishi. G. a.ga qarab erning ichki tuzilishi va er po’stini, ayniqsa uning yuqori qismini o’rganadilar. G. a. maydonning geologik tuzilishiga, tog’jinslari tarkibiga, er yoriqlariga bog’liq. G. a.ning intensivli- gi er yuzasining har bir nuqtasida kuza- tilayotgan va normadagi (nazariy) fizik maydoni ko’lami qiymatining farqi b-n belgilanadi. Bu geologik tuzilishi bir xil jinsdan deb faraz qilingan va er qa’ri moddalari fizik xususiyatlari- ning tegishlicha taqsimlanishi asosida hisoblab chiqiladi. Gravitasion, mag- nit, seysmik, termik, elektr, radioaktiv va b. anomaliyalar farq qilinadi. Erning normal gravitasion, geomagnit va Geo- termik maydonlari eng ko’p tadqiq etil- gan. G. a. ularning tabiatini aniqlash, Erning chuqur qatlamlarini o’rganish, foydali qazilmalarni bashoratlash, qidirish va razvedka qilish maqsadida o’rganiladi.