Geografik kenglik

Geografik kenglik – biron joyning ekvatordan qancha daraja uzoqda ekanligini ko`rsatadigan miqdor. Geografik kenglik meridian bo`ylab ekvatorning har ikki tomoniga qarab 0 darajadan 90 darajagacha hisoblanadi va ekvatordan shimoldagi kengliklar shimoliy, janubdagilari janubiy kenglik deb ataladi.