Geografik mintaqa, geografik poyas
Geografik mintaqa, geografik poyas – yer yuzasidagi kenglik zonal tabiiy geografik bo`linishning eng yirik qismlari. Geografik mintaqalar bir-birlaridan iqlimi bilan farq qiladi. Geografik mintaqaning turli joyida namlik turlicha bo`lishi mumkin; bu esa geografik mintaqada turli geografik zonalarni vujudga keltiradi. Odatda Yer shari quyidagi geografik mintaqalarga bo`linadi. Arktika mintaqasi, Antarktika mintaqasi, subarktika mintaqasi, subantarktika mintaqasi, mo`tadil mintaqalar, subtropik mintaqalar, subekvatorial mintaqalar, ekvatorial mintaqa. O`zbekiston hududisi o`rtacha mintaqa bilan subtropik mintaqa orasida joylashgan.