Geografik qutblar
Geografik qutblar (Shimoliy qutb va Janubiy qutb) — er aylanishi- dan hosil bo’lgan xayoliy o’qning er yuzasi b-n kesishgan nuqtalari. G. q.da er meri- dianlarining hammasi tutashadi. Unda odatdagi dunyo tomonlari yo’q, kun va tun almashinmaydi. U erda Quyosh yarim yil chiqmaydi va yarim yil botmaydi (q. Qutb tuniva Hutbkuni). G. q. nuqtasi er yuza- sida murakkab ztri chiziq bo’ylab siljib yuradi, ya’ni tomonlari 26 m bo’lgan kVA- drat ichida o’z holatini o’zgartirib tura- Di. Er shaklining sharga deyarli o’xshash bo’lganligi tufayli, qutblarga Quyosh nuri yotiq (23 ‘/2° dan yuqori bo’lmaydi) tushadi, natijada g. q. atrofida juda keng maydonning iqlimi sovuq, kuchli shamol va izg’irinlar bo’ladi. Shimoliy G. q. Shimoliy muz okeanining muz b-n qoplangan suvi ustida joylashgan. Shi- moliy g. q. (89°55′ sh. k.)ga birinchi bo’lib amerikalik qutbshunos R. Piri (1909 y. 6 apr.) etib borgan. Janubiy G. q. (88°23’ j. k.) Antarktida materigining tinch okean sohiliga yaqin muz qoplami usti- dadir, birinchi bo’lib unga norvegiyalik tadqiqotchi R. Amundsen (1911 y. 14 dek.) borgan.