Geokimyo
Geokimyo (Geo… va kimyo) — erning kimyoviy tarkibi, kimyoviy elementlar va ularning barqaror izotoplarining Er va turli geosferalarda tarqalish va bir joydan ikkinchi joyga ko’chish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan. G. ter- minini fanga dastlab shveytsariyalik ki- myogar K. F. Shyonbeyn kiritgan (1838). G. 20-a. boshlanishida geol. va kimyo fanla- ri tutashgan joyda vujudga keddi. V. I. Vernadskiy (Rossiya), V. M. Goldshmidt (Norvegiya), A. E. Fersman (Rossiya) G.ning asoschilari xisoblanadi. 20-a.ning 1 -yar- mida o’tkazilgan i. t. ishlari natijasida G. mustaqil fanga aylandi. G. bo’yicha bi- rinchi yirik ilmiy axborotlar to’plami amerikalik olim F. U. Klark tomonidan bajarilgan. O’rta Osiyo olimlaridan H. M. Abdullaev, O. M.Akramxo’jaev, H. N.Boymuhamedov, I. Hamroboev, A. S. Uklonskiy, K. I. Satpaev, S. T. Bada- lov va b. G.ni yanada rivojlantirdilar. Olib borilgan i. t. ishlari natijasida G.ning yangi tarmoklari — kosmogeo-ki- Myo, radiogeokimyo, biogeokimyo, analitik G., fizik g., gidrogeokimyo, litosfera G.si, organik g., litogenez g., izotoplar G.si, tabiiy jarayonlar g.si, Nodir ele- mentlar g.si va b. vujudga keldi. G.ning bu sohalari foydali qazilmalarni iz- lashda nazariy asoslardan xisoblanadi. G. metodlari geologik metodlar b-n bir- galikda ishlatiladi. G. okeanshunoslik, biol., tuproqshunoslik va b. fanlarning ma’lumotlaridan keng miqyosda foydala- nadi. Quyosh, oy, yulduzlar, meteoritlar va b. sayyoralar kabi er ham yuzdan ortiq kimyoviy element va ularning izotopla- ridan tashkil topgan. Elementlar Er- dagi jinslarda tarqalishi, ion va izo- toplari xususiyati va tashqi electron qobig’ining tuzilishiga qarab atmofil (atom holida uchrashi), siderofil (te- Mir va temir guruhi elementlari), xal- kofil (oltingugurt va margimush b-n), lofil (kislorodli), biofil (organic moddalar b-n), gidrofil (suvda eruv- Chan), neytral (sof holda), galogen o Fi l (xlor va yod b-n) guruhlariga bo’linadi. Amerika olimlari oydagi tog’jinsida oz mikdorda Ai, Cd, Zn, Ag, Br, Bi, Te, so, Si, Ga, Pd, Rb, Cs kimyoviy elementlari borligini radiokimyoviy neytron-akti- vasiya usuli b-n aniqlashgan. Bularning tarqalish qonuniyatlari er kurrasining ichki va tashqi tuzilishi b-n chambarchas bog’liq. Er kurrasi bir necha qavat — geosferalardan iborat: 1) tashqi qavat — atmosfera; 2) gidrosfera; 3) bio- sfera; 4) litosfera — qattiq jinslar. Atmosfera tarkibidagi karbonat angidridi (S02) boshqa element- lar b-n birikib, karbonat jinslar- ni va minerallarni hosil qilgan. Biosferada geokimyoviy jarayonlar ti- rik organizmlarning bevosita ishtiro- kida bo’ladi. Natijada turli xil foy- Dali qazilmalar (neft, gaz, toshko’mir, ohaktosh, diatomitlar, oltingugurt, gips, fosforit, temir, marganes va b.) hosil bo’lgan. Tog’jinslarining Nura- shida ham mikroorganizmlar qatnashadi. Litosfera, mantiya va er yadrosi kimyo- viy tarkibi, ularda buladigan kimyoviy, geokimyoviy va geofizik jarayonlari- ga qarab bir-biridan farklanadi. Er kurrasining o’rtacha tarkibini asosan elementlarning davriy sistemasida- gi 16 element G’e(39,75%), O2(27,71%), Si( 14,58%) va b. tashkil etadi. Boshqa elementlar 0,2—0,5% ga teng. Kimyoviy elementlarning er pusti tog’ jinslaridagi o’rtacha miqdori (klarki) ni aniqlash foydali qazilmalarni iz- lab topishda muhim ahamiyatga ega. Ba’- zi bir metallar (qo’rg’oshin, simob, mis, oltin va b.) juda oz miqdorda bo’lsa ham ma’lum sharoitda bir joyga to’planib, konlar hosil qilish xususiyatiga ega. Ayrim elementlar (vismut, reniy, kad- miy va b.) mustaqil ruda koni hosil qilmaydi. Ular volfram, molibden, rux rudalarida aralashma holida uchray- Di. Bunday rudalar mexanik birikma va sof element yoki izomorf shaklida bo’ladi. Geokimyoviy qonuniyatlarni bi- lish odamlarning i.ch. amaliyotida, atrof muhitni himoya qilish va qo’riqlashda ahamiyati muhim. Geografiya fanida ham geokimyoviy yo’nalish — landshaft Geo- kimyosi rivojlanmoqda. G. sohasidagi i. t. ishlari xorijda (AQSh, Rossiya, Ukraina) va O’zbekistonda geol. va Geo- fizika in-tida, geol. va mineral resurs- lar Davlat qo’mitasidagi ayrim geokimyo partiyalarida, neft va gaz konlari geol. si va razvedka kilish, gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi in-tlarida va oliy o’quv yurtlaridagi maxsus lab.lar- da bajarilmoqda. Bu ishlar natijasida O’rta Osiyo va Qozog’istonda polimetall, mis va uran konlari topildi. Jumla- dan, O’zbekistonda Olmaliq, Muruntov, Qushbuloq, qizil olma va b. konlar. Bu konlarda asosiy elementlar (Ai, Si, mo) dan tashqari Nodir elementlar (Os, Re, Jr, Se, ta, Tl va b.) qo’shimcha holda uchraydi. Qahhor O’rinboev, Stepan Vadalov.