Geokimyoviy anomaliya

Geokimyoviy anomaliya – er po’stining muayyan kimyoviy element- lar yoki ular birikmalarining kontsen- trasiyasi klarksan ko’pligi yoki kam- ligi b-n farq qiladigan va foydali qazilmalarda yig’ilgan joyiga nisbatan (ruda jismi, neft yoki gaz uyumi va b.) qonuniyatli joylashgan uchastkasi (er yuzasi). G. a. manfiy va musbat bo’ladi. Musbat G. a.da tog jinslarida element- lar klarkdan 2-3 marta ko’p, manfiy g. a.da esa aksincha bo’ladi. G. a. musbat yoki manfiy bo’lishidan qati nazar geologik kidirish va suratga tushirish (s’yomka) ishlarida qo’llaniladi. Mas, O’rta Osi- yoda uran konlarini qidirishda manfiy G. a., oltin konlarini qidirishda esa margimushning musbat g. a.si muhim rol o’ynaydi.