Geologik xaritalar
Geologik xaritalar – er po’sti yuqori qismining muayyan uchast- kasi geologik tuzilishini tasvirlovchi xaritalar. Geologik s’yomka va geologik tadqiqotlardan yig’ilgan ma’lumotlar asosida tuziladi. G. x. qidiruv, razvedka ishlarida asosiy hujjat hisoblanadi. G. x.dan er po’stining tuzilishi va tog’jin- slari b-n bog’liq ruda konlari to’g’risida tegishli ma’lumot olinadi. G. x. asli geologik, litologikfasial, paleogeo- grafik, muhandislik-geologik, gidroki- myoviy, foydali qazilmalar, bashoratli, tektonik, metallogenik, magmatik for- masiyalar va b. xaritalarga bo’linadi. Asli G. xlarda tog’jinslarining yoshi, tarkibi, yotish sharoiti turli belgi va ranglarda ifodalanadi. Tektonik xari- ta — ma’lum joy va vohaning tektonik tuzilishini; metallogenik xarita — me- tallar va qazilma boyliklarning hosil bulishini hamda ularning tarqalishini; magmatik formasiyalar xaritasida — magmatik tog’jinslarining formasi- yalari ifodalanadi. Bundan tashqari, maxsus xaritalar (er osti suvlari, Geo- fizik xaritalar va b.) ham tuziladi. Gidrokimyoviy xarita — suvlarning ki- myoviy tarkibini, ulardagi tuzlarning miqdorini, grunt, artezian, mineral suvlarning xususiyatlari va joylani- shini aks ettiradi. Gidrogeologik xa- ritalarda er osti suvlarining sifati (ta’mi, hidi, chuchukligi, sho’rligi va b.), er yuzasidan pastda joylashgan birin- chi suvli qatlam (havza)ning suv berish xususiyati, er osti suvlarining turi (grunt, artezian, qatlamlararo, er usti va karst suvlari) aks ettiriladi. G. x. turt xil masshtabda tuziladi (q. Geo- logik s’yomka). Yirik masshtabli va mu- fassal xaritalarda stratigrafik Kolon- ka va geologik kesmalar ham beriladi. O’zbekiston geologik xaritasi, O’zbekistan magmatik formasiyalari xa- ritasi, Farg’ona va Ustyurtning tekto- nik tuzilishi va neftgazga istiqbolli xaritasi, O’zbekistonning paleozoy fundamentining tarkibi va tekto- nik tuzilishi xaritasi va b. tuzilgan. G’aybulla Fathullaev.