Geologiya

Geologiya (Geo… va …logiya) — er po’sti va erning tuzilishi, tarkibi, harakatlari va rivojlanish tarixi haqidagi fanlar majmui. G.ning dast- labki davri uzoq o’tmishdan boshlanib tog’jinslari, minerallar, rudalar haqidagi ma’lumotlar b-n bog’liq. G. ter- minini birinchi marta norvegiyalik olim M. P. Esholt (1657) ishlatgan. G.ning umumiy metodi qiyosiy-tarixiy metod bo’lib, o’tmishni bilish, zamona- viy taraqqiyotni o’rganish orqali bo’ladi (k,.Aktualizm). 18-a. va 19-a boshlarida G. tabiatshunoslikning mustaqil tarmog’iga aylandi (xorijda u. Smit, A. G. Verner, J. Getton, Ch. Layel, M. V. Lomonosov, V. M. Severgin). Hoz. G. bir necha tarmoqlardan iborat: stratigra- fiya, tektonika, dinamik, dengiz geologi- yasi, mineralogiya, petrografiya, litolo- giya va geokimyo, foydali qazilmalar G.sidan iborat. G. tabiiy geografiya, Geo- fizika (“qattiq” er fizikasi), Kristal- lografiya, paleontologiya va b. fanlar b-n yaqindan bog’liq. Amaliy ahamiyatga ega bo’lganlari: gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi, geokriologiya va b. Shuningdek, boshqa tabiiy fanlar bilan tutashgan joyida tarkib topgan yangi yo’nalishlar — petrokimyo, Petro- fizika, tektonofizika va b. G.ning alohida tarmoqlarini tashkil etadi. G.da 3 asosiy yo’nalish mavjud: tavsifiy G. — minerallar, tog’jinslari, ular- ning tarkibi va yotish shaklini o’rga- nadi; dinamik g.— geologik jarayonlar va ular evolkshiyasini tadqiq qiladi; tarixiy g. va geoxronologiya — er pusti rivojlanishining izchilligini o’r g a n a D i . G. Er yuzasida (yoki oz chuqurlikda) bo’ladigan jarayonlarni o’rganishda tabi- iy geogr. fanlari (geomorfologiya, Glya- tsiologiya, iqlimshunoslik, gidrologiya, okeanshunoslik va b.) yutuqlaridan foy- dalanadi; chuqurlikdagi jarayonlar, ra- diologik yoshni aniqlashda, geologik kddiruv va razvedkada geokimyo va geofi- zika metodlari qo’llaniladi (“qattiq” Er fizikasi, seysmologiya b-n birga). G. fan sifatida odamlarning amaliy FA- oliyati negizida tarkib topdi va rivoj- landi. Uzoq o’tmishda odamlar temir, mis, oltin kabi sof metallar qatori qalay, mis birikmalariga boy rudalarni ham topa bilganlar. Shuningdek, ular Erning, tog’jinslarining hosil bo’lishi, quruqlik va dengizlarning tarqalish ma- salalarini hal etishga ham uringanlar. Yunon faylasufi Fales atrofdagi hamma narsalar suvdan hosil bo’lgan va so’ngra qaytadan suvga aylangan deb hisoblagan. Mil. AV. 6-5-a.larda tog’te- palarida dengiz mollyuskalarining toshqotgan chig’anoqlari topilganda. Strabon (mil. AV. 63 y. — mil. 1-a. ning 20-y.lari) er doimiy o’zgarishda, harakatda bo’lib goho ko’tarilgan, nati- jada Orol va qit’alar hosil bo’lgan, goh qaytadan cho’kkan, degan fikr yuritgan. 18-a.ning 2-yarmida g. fan bo’lib shak- llandi. Rus olimi M. V. Lomonosov “Er qatlamlari haqida” (1763) asarida tabi- atiing qonuniy evolyusiyasi g’oyasini olg’a surdi. Shotland geologi J. Getton “Er nazariyasi” (1788) kitobida er tari- xini davriy ravishda bir kontinentning yo’q bo’lishi va yangi kontinentning Vu- judga kelishining to’xtovsiz takrorla- nuvchi tsikllaridan iborat deb tasvirla- gan. 18-a.ning oxiri — 19-a.ning boshida U. Smit, J. Kyuve, P. S. Pallas, D. I. Sokolovlar stratigrafiya va geologik yilnomaga asos soldilar. M. V. Lomono- sov va K. Goff (19-a.ning 1-yarmi) aktua- lizm printsipini ishlab chiqdilar. G. na- zariy asoslarining keyinchalik rivojlani-shi 1829 y.da eli de Bomon yaratgan kontraktsiya nazariyasi (bu naza- riyaga ko’ra tektonik harakatlarning sa- babchisi er yadrosining qisqarishi bo’lgan) va Amerika olimi J. Xoll (1811-98) tomonidan ishlab chiqilgan geosinklinallyar to’g’risidagi ta’limot asosida bo’ldi. 1930-y.larda g.dan neft va gaz geol.si mustaqil soha bo’lib ajra- lib chikdi. Bu sohaning asoschisi I. M. Gubkin neft va gaz konlarining orga- nik yo’l b-n paydo bo’lishi to’g’risida yangi gipoteza yaratdi va natijada Volga- Ural oralig’ida “ikkinchi Boku” neft koni topiddi. O’zbekistan hududida foydali qazilmalarni izlab topish va o’rganish juda qadim vaqtlardan boshlangan. Geo- logik izlanishlar o’rta osiyolik olimlar — Xorazmiy, Farg’oniy, Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylarning asar- larida o’z aksini topgan. Minerallar va ularning tasnifiga Abu Ali ibn Sino ham ko’p ahamiyat bergan. Uning “Shifo kitobi” asarida toshlar, avvalo, mayda gil cho’kindilarining bir-biriga yopishu- VI, so’ngra qotishi tufayli paydo bo’lganligi ta’kidlanadi. U osmondan tushgan tosh (meteorit)lar haqida ham o’z fikrini aytgan. Ibn Sino tog’hosil bo’lish va zilzilalar sababini tushunti- rib, quruqliklar bir necha bor dengiz b-n almashinib turganligini ta’kidlaydi. Beruniyning minerallar haqidagi asar- lari ayniqsa katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. U “Mineralogiya”, “Kimmatbaho toshlarni o’rganish uchun ma’lumotlar to’plami” kabi asarlarida 50 dan ortiq mineral va ma’dan: oltin, kumush, mis, temir, qalay, margimush va ayrim mis qotishmalari va b. to’g’risida ma’lumot berib, Movarounnahrda qanday konlar borligini aytgan. Minerallarni qattiqligi, s. of. kabi fizik xossalari- ni o’rgangan. Erning yoshini aniqlashda ham olimning hissasi bor. O’rta Osiyo hududini rejali ravishda urganish I. V. Mushketov faoliyati b-n bog’liq (19-a.). U O’rta Osiyoning to’liq, haqiqiy ilmiy geologik va tektonik sxemasini tuzdi. 20-a. boshlarida K. I. Bogdanovich, V. N. Veber, D. V. Nalivkin, V. A. Obruchev va b. tadqiqot ishlari olib borishgan. O’zbekistonda geologik tadqiqotlar olib borish 1920-y.lardan keyin jadallashdi. O’rta Osiyo davlat un-ti (Toshkent)ning fizikamatematika f-tida geolog olim- lar o. K. Lange, M. M. Protodyakonov, A. S. Uklonskiy, V. G. Muxin, N. F. Bezob- razovalar rahbarligida geolog mutaxas- sislar bo’limi tashkil etildi. 1920-y.lar o’rtalaridan geologik tadqiqot ishlari Markaziy geol. tashki- lotlaridan tashqari joylardagi muassa- salarda ham olib borildi. O’zbekistonda geol. xizmati tashkil etildi. 1928 y.da Toshkentda geologlarning s’ez- Di chaqirildi. S’ezd O’rta Osiyoda olib borilgan geologik tadqiqotlarga yakun yasadi. S’ezdda O’rta Osiyoning kumir, neft, oltingugurt, rangli metallar, no- dir metallarga boy ekanligi e’tirof etildi. 1930-40 y.larda regional g.ga oid ishlar qilindi va ayrim kon va r-nlar mukammal tekshirildi. 1931 y.da O’rta Osiyo davlat un-ti huzurida O’rta Osiyo geol. va qidiruv boshqarmasi tash- kil kilinib, 1933 y.da O’rta Osiyo indu- striya in-tining kon f-tiga aylantiril- Di. 1932 y.da Fanlar qo’mitasi tuzildi. Uning qoshida gidrogeologiya va muhandislik geol. yasi, geol. va minera- logiya sektorlari ishlay boshladi. 1937 y.da O’zbekistonda geologiya i. t. institu- ti tashkil etildi, natijada geol.ning deyarli hamma sohalari bo’yicha yuqori malakali olimlar etishtirish imkoniya- ti yaratildi va i.t. ishlari avj oldi. O’sha yili O’zbekistonning mayda mas- shtabli geologik xaritasi va unga oid uch jildli “O’zbekiston geologiyasi” asari (1937-39), shuningdek O’zbekistonning mineral xom ashyo boyliklarini tadqiq qilinishiga bag’ishlangan yirik ilmiy asarlar nashr etildi. A. V. Korolevning “Olmaliqning strukturasi va metallo- geniyasi”, V. N. Nasledovning “G’arbiy Tyanshan va O’zbekiston metallogeniyasi- ning asosiy belgilari” va b. ilmiy asar- larida O’rta Osiyo rudali r-nlarining geologik tuzilishi va ruda konlari tas- virlab berildi. H. M. Abdumasv “O’rta Osiyoning sheelit- li skarn konlari” (1947) ilmiy asarida sheelitli skarnlar, ularning istiqbollari haqida yangi nazariyani olg’a surdi. Uning rahbarligida otqindi jinslar b-n rudali konlarning genetic bog’liqligi haqidagi muammo ustida ish olib borildi. Bu tadqiqotlarga H. M. Abdullaev “Rudalanishning granitoid intruzivlar b-n genetik bog’likligi” asarida yakun yasadi. Bu asar O’zbekistonda birinchi bo’lib Davlat mukofotiga sazo- vor bo’ldi (1959). Olimning ilmiy FIK- rlarini O’zbekistan faning akad.lari H. N. Boymuhamedov, I. H. Hamroboev, H. A. Akbarov, muxbir a’zolari E. M. Isamuhamedov va prof.lar q. L. Boboev, I.M. Mirxo’jaev, R. A. Musin va b. yanada rivojlantirdilar. Ular erning chuqur qatlamlarida sodir bo’ladigan jarayon- lar b-n genetik bogliq bo’lgan endogen konlarni vertikal zonalar bo’ylab joy- lashishi haqidagi nazariyani ishlab chik- dilar. Bu nazariya asosida Uzbekiston- ning metallogenik xaritasi tuzildi. 1960-y.lardan O’zbekistonda geologik tadqiqotlar atroflicha olib borildi. Petrometallogenik tadqiqotlar (H. M. Abdullaev, I. H. Hamroboev, E. M. Isamuhamedov, H. N. Boymuhamedov, Q. L. Boboev, T. Sh. Shoyoqubov, T. N. Doli- mov), mineral geokimyoviy tadqiqotlar (A. S. Uklonskiy, 3. M. Protodyakonov, S. T. Badalov), litologik, gidrogeologik (V. I. Popov, N. P. Petrov, O. M. Akramxo’jaev, A. G. Boboev, V. I. Troits- kiy), gidrogeologik (X. T. To’laganov, M. M. Krilov, N. A. Kenesarin, N. N. Toji- Boev, S. Sh. Mirzaev), muhandislik geol. si (F. O. Mavlonov), geofizika (E. M. Bu- tovskaya, V. I. Ulomov, F. Zunnunov va b.), geotektonika va regional geologiya va b. tadqiqotlar (M. A. Ahmadjonov, O. M. Borisov), seysmologiya tadqiqotlari, me- tamorfizm tadqiqotlari (I. M. Mirxo’jaev) keng ko’lamda olib borildi, respublikada ko’p oltin, gaz va neft konlari topildi. Keyingi paytlarda O’zbekistan geology olimlari tomonidan Tyanshan tog’larining Ural toglari b-n genetic bog’liqligi to’g’risidagi fikr olg’a Su- rildi. Bu muammoning ijobiy hal qilinishi b-n Tyanshan tog’larida Uralga xos metall konlarini qidirish maqsadga muvofiq bo’ladi, tog’tizmalari orasida joylashgan cho’llarning bag’rida turli metall konlarini qidirib toppish istiqbollarini kengaytiradi. Qizilqumda va Sulton Uvays tog’larida Ural tog’lariga xos oltin, temir, nikel kabi konlarning ochilishi yuqoridagi muammoni ijobiy hal qilishga olib k e l m o q D a . O’zbekistan geol.sini o’rganish, turli masshtabdagi maxsus geologik xaritalar tuzilganliga, mineral xom ashyo konlari- ning ochilishi, ularni razvedka qilib va i. ch.ga topshirilganligi O’zbekiston Ge- ologiya va mineral resurslari davlat qo’mitasi geolog mutaxassislari olib borgan ishlarining mahsulidir. Keyingi yillarda geolog olimlar okean- lar tubining tuzilishi, tarkibini o’rganishga kirishdilar. Okean tubidagi cho’kindi jinslar ichida temir, marganes, polimetallar borligi, shuningdek ocean qirg’oqlarida tuz cho’kindilari va ular b-n neft va gaz qatlamlari bog’liq ekan- ligi ma’lum bo’ldi. Okean tubida tarqalgan jinslarning tarkibiy tuzi- lishi va ularning hosil bo’lish payti va sharoitlari mukammal o’rganildi. Olin- gan ma’lumotlar asosida okean tubining tobora kengayib borayotganligi haqida yangi gipoteza ishlab chiqildi. O’zbek geol. maktabi respublikada ham, undan tashqarida ham geol.ga oid ilmiy i. ch. vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilgan ko’plab mashhur geolog olimlarni etishtirdi (H. M. Abdullaev, O. M. Akramxo’jaev, H. N. Boymuhamedov, N. P. Vasilkovskiy, V. G. Garkoves, E. M. Isamuhamedov, N. A. Kenesarin, A. V. Korolev, G’. O. Mavlonov va b.). Hoz. paytda geol.ning paleontologiya va stratigrafiya, dinamik geol., petrolo- giya, paleogeografiya, tektonika, geofizi- ka, mineralogiya va b. sohalari bo’yicha i. t. ishlari uzr Davlat Geologiya va mine- ral resurslar qo’mitasi tasarrufidagi ilmiy tadqiqot in-tlarida, O’zbekiston FA Geologiya va geofizika in-tida hamda UzMU va ToshDUda bajarilmoqda. Ad.: Abdullaev X. M., Sobr. soch., t. 1-7, T., 1964-69; Akramxodjaev A. M ., Lito- logiya neftegazonosnix melovix otloje- niy Ferganskoy depressii, T., 1960; ob- ruchev V. A., Geologiya asarlari, T., 1955; Endogennie rudnie formasii O’zbekistana, T., 1968; Geologiya gazovix mestorojdeniy O’zbekistana, T., 1971. Muxtor Ahmadjonov.