Geometrik akustika
Geometrik akustika – akusti- kaning tovush nurlari haqidagi tasav- vurlar asosida tovush tarqalishini o’rganadigan bo’limi. Asosan tovush nuri traektoriyasi va to’lqin sirti siljishi- ni aniqlash b-n shug’ullanadi. Nurlar- ning eng oddiy ko’rinishi, ya’ni to’g’ri chiziklar bir jinsli muhitlarda kuza- tiladi. G. a. qonunlari geometrik opti- ka (mas, yorug’likning qaytish va sinish) qonunlari kabidir. G. a. usullari aku- stikaning barcha bo’limlari (molekulyar akustika, tovush akustikasi, gidroaku- stika, me’morlik akustikasi va h. k.) masalalarini hal qilishga tatbiq eti- ladi. G. a. qonunlari asosida tovushni bir jinsli bo’lmagan muhitlar (dengiz, atmosfera)da tarqalishining taqribiy nazariyasini yaratish mumkin.