Geosiyosat, geografik siyosat
Geosiyosat, geografik siyosat — siyosatshunoslikdagi nazariya. G. ter- mini muayyan bir mamlakat o’rni, tabi- iy boyliklari, iklimi va b. geografik omillarining davlat tashqi siyosatiga (geografik-siyosiy strategiyasi va h. k. ga) muayyan ta’sirini ifodalash uchun ishlatiladi. G. tushunchasini birinchi bor R. Chellen (Shvesiya) ilmiy muomala- ga kiritgan. G. nazariyasi 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida F. Ratsel (Germaniya), A. Mexen (AQSh), X. Makkinder (Buyuk Britaniya) tomonidan ishlab chiqilgan, G. Kissinjer, 3. Bjezinskiy (AQSh) va b. tomonidan hoz. dunyodagi siyosiy ja- rayonlarga tatbiqan rivojlantirilgan. G.ga oid ilmiy qarashlarga davlatning geografik joylashuvi (makoni) b-n uning ichki va tashqi siyosati o’rtasidagi uyg’unlik printsipi asos qilib olinadi. O’zbekiston o’z tashqi siyosatida ma’lum darajada g.ning asosiy tamoyillarini ham hisobga oladi.