Geotermik gradiyent

Geotermik gradiyent (yunoncha ge – yer va terme – issiqlik, lotincha gradiyens – qadamlovchi) – yer ostiga tik tushilganda har 100 m chuqurlikda haroratning qancha oshib borishini ko`rsatadigan miqdor. O`rta hisobda 3 darajaga teng. Geotermik gradiyent yer osti qatlamlarini tadqiq qilishda katta rol o`ynaydi.