Geotermik o’lchashlar
Geotermik o’lchashlar – par- malangan quduqlarda geotermik gradi- entni aniqlashda hamda qator razvedka- qidirish va texnik masalalarni echishda qo’llaniladigan usullar. G. o’.da asosan quduqqa tushiriladigan qarshilikli elektr termometr ishlatiladi. Bu asbob- ning ishiga mis elektr qarshiligining t-raga nisbatan mutanosib o’zgarishi asos qilib olingan. Burg’ilash suyuqligi va tog’jinslarining har xil t-raga ega bo’lganligi uchun issiqlik holati muvo- zanatga kelgandan so’ng, ya’ni burg’ilash tamom bo’lgandan bir necha kun o’tgandan so’ng geotermik gradient o’lchanadi. Issiqlik diagrammalarida chuqurlik oshishi b-n t-raning umumiy o’sishi va gaz, neft, kumir, sulfid ma’danla- ri b-n bog’liq ayrim anomaliyalar na- moyon bo’ladi. Olingan ma’lumotlar ka- rotaj natijalarini tahdil qilishda qo’llaniladi.