GEPPERTMAYER (GOEPPERT-MAYER) MARIYA

GEPPERTMAYER (GOEPPERT-MAYER) MARIYA (1906.28.6, Katovise, Polsha — 1972.20.2) — amerikalik nazariyotchi- fizik. AKD1 milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi. 1931 yildan AQSh da ishlagan. Ilmiy ishlari kvant mexanika, kristall panjaralar nazariyasi, statistik mexanika va yadro fizikasiga oid. Ikkilamchi beta-yemirilishini oldindan aytib bergan va nazariyasini ishlab chiqqan (1935). Y. Yensendan mustaqil ravishda atom yadrosi elektron qobig’i modelini yaratgan (1951). Nobel mukofoti laureati (1963, yil Yensen bilan hamkorlikda).