Geptan

Geptan, s7n|6 — to’yingan ugle- vodorod. Mol. m. 100,21.9 ta izomeri malum. Normal G. SN3(SN2)5—SN3 kucheiz o’ziga xos hidli rangsiz suyuqlik. Suyuqlanish t-rasi — 90,61°, qaynash t-rasi 98,43°, suvda erimaydi, efir va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. To’yingan uglevodorodlarning barcha ki- myoviy xossalariga ega. Havo b-n port- lovchi aralashma hosil qiladi. Neftning benzin fraktsiyalari va gaz kondensatlari tarkibida bo’ladi, katalitik reforming jarayonida izomerlanib izogeptanlarga va degidrosillanib toluolga aylanadi. G.ni benzin fraktsiyalaridan tseolitlar- da absorbtsiyalab ajratib olish mumkin. Karbyurator yoqilg’ilarining detonasion barqarorligini aniqlashda etalon sifa- tida qo’llaniladi (g.ning oktan soni 0 ga teng deb qabul qilingan). Izomerlaridan 2,2,3-trimetilbutan (triptan) amaliy ahamiyatga ega bo’lib, motor yoqilg’ilariga qo’shimcha sifatida ishlatiladi.