GERMAN ANNA

GERMAN ANNA (1936.14.2, Urganch – 1982.26.8, Varshava) — estrada xonandasi, aktrisa. Dastlabki musiqa saboqlarini Xorazmda olgan. 1946 yildan Polshada yashagan. Vroslan politexnika institutini tugatgan (1961). Shu davrdan boshlab estrada ansambllarida xonanda sifatida qatnashib, dastlab Polsha (Sopot, 1963-65; opole, 1964), keyinchalik Vena (1965) va Sorrento (1967) xalqaro estrada tanlovlari laureati unvoniga sazovor bo’ldi. Xonanda lirik-dramatik hamda hazilnamo qo’shiqlarni o’ta samimiylik va o’ziga xos tarzda talqin etgan. Repertuaridan zamonaviy kompozitorlar (K.Gertner, “Raqsga tushuvchi evridikalar”; A. Paxmutova, “Umid”; E.Ptichkinning “Sevgi sadosi”), kuylarini o’zi yaratgan (“inson taqtsiri”, “bo’lishi mumkin”), shuningdek, polyak, rus, italyan qo’shiqlari o’rin olgan. Evropa, Amerika, Avetraliya va Osiyo (xususan, Markaziy Osiyo, 1979) mamlakatlarida gastrolda bo’lgan. Ijodiga bag’ishlangan “Anna German bilan uchrashuv” filmi yaratilgan (1976). Urganchda ko’chalardan biri, Zyolena-Guradagi kontsert zali hamda mazkur shaharda o’tadigan Estrada festivaliga (1988 y.) German nomi berilgan. Ad.: Jigaryov A. Anna German, M., 1988.