Gerontokratiya

Gerontokratiya (yunoncha geron-urug’, gerontos-oqsoqol, kratos-hokimiyat)-go’yoki hokimiyat oqsoqollarga tegishli bo’lgan deb taxmin qilinadigan ijtimoiy tuzumning ilk shakli. Aslida, jamoa qariya a’zolarining e’tiborli mavqei-ba’zi xalqlarning ibtidoiy tuzim davridagi yuqori hokimiyatining elementlaridan biri bo’lgan, xolos. Atama XX asr boshlarida etnograf olim U.Rifers tomonidan kiritilgan.