GERSHANIK ROMAN VASILEVICH

GERSHANIK ROMAN VASILEVICH [1898.18.2(3.3), Elizavetgrad, hozirgi Kirovograd — 1983.21.3, Moskva] —rus grafik rassomi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1944). 2-jahon urushi yillarida Toshkentda yashab ijod qilgan; respublikaning taniqli kishilari portretlarini yaratgan: “O’zbekistonning mashhur kishilari” (1941-44); “ilg’or paxtakorlar” turkumlari (1957-58); “yosh muallima” (1960-61) va boshqalar. Plakatlar ham ishlagan.