Gershvin (Gershwin) Jorj
Gershvin (Gershwin) Jorj (1898.26.9, Nyu-York -1937.11.7, Beverli-Xils, Kaliforniya) —Amerika kompozitori va pianinochi. Milliy ope- ra asoschisi, simfonik jaz uslubining namoyandasi. 25 yoshida estrada musiqasi (jaz qo’shiqlari, myuzikl, revyu) ustasi sifatida butun Amerika va Evropada tanilgan. Keyinchalik simfonik va kon- tsert musiqasi, opera janriga murojaat etib, o’ziga xos uslub yaratgan. Unda jaz, Amerika folklori (blyuz, regtaym, SPI- richuel), musiqiy estrada ohanglari b-n Evropa kompozitorlik ijodiyoti shak- llari uyg’unlashgan. 300 ga yaqin qo’shiq, bir nechta myuzikl, kontsert, simfonik va fortepiano asarlari, kinofil- mlarga musiqalar yozgan. “Blyuz uslubi- da rapsodiya”si (1924), “Porgi va Bess” operasi (1935) mashhur bo’lib, ikkalasi ham O’zbekistonda ijro etilmoqda.