GESS (HESS) VIKTOR FRANS

GESS (HESS) VIKTOR FRANS (1883.24.6, Valdshteyn -1964.17.12, Maunt-Vernon, AQSh) —avstriyalik fizik, Avstriya Fanlar Akademiyasi a’zosi. 1919 yildan Vena, Gras va Insbruk universitetlari professor. 1938 yildan AQShda. Asosiy ilmiy ishlari kosmik nurlar fizikasi, radioaktivlik, atom fizikasi va optikaga oid. Kosmik nurlarni kashf etgan (1912) va ular intensivligining o’zgarishini kuzatgan. Nobel mukofoti laureati (1936).