GETERIYALAR
GETERIYALAR, eteriyalar (Yunoncha hetaireia — jamiyat) -1) Yunonistonda fuqarolarning hukumat tomonidan rasman tan olingan yoxud maxfiy (aksariyat oligarxik xarakterdagi) siyosiy ittifoqlari; 2) Gretsiyada 18-asrning 2-yarmi — 19-asr boshlarida Usmonli turklar hukmronligiga qarshi kurashni o’z oldiga maqsad kilib olgan maxfiy inqilobiy jamiyatlar. Shulardan 1814 yil Odessada barpo etilgan “Filiki eteriya” umummilliy jamiyat darajasiga ko’tarilgan.