GETEROBATMIYA

GETEROBATMIYA (getero… va Yun. bathmos —daraja, bosqich) —or- ganizm turli qismlarining har xil darajada evolyusion rivojlanishi. G. ko’proq o’simliklarda kuzatiladi. Mac, Trochodendraceae va Tetradendraceace oilalarining vakillarida haqiqiy o’tkazuvchi naylar sistemasi juda sod- da tuzilgan bo’lishiga qaramay, gullari yuqori darajada ixtisoslashgan. Magno- liyadoshlarda esa, aksincha, gullari soda tuzilgan bo’lsada, o’tkazuvchi naylar si- stemasi tuzil ishi evolyusiya nuqtai na- zaridan ancha ilgari surilgan.