Geteropolibirikmalar

Geteropolibirikmalar – kompleks birikmalar. Ular tarkibiga ligandlar sifatida molibdenli, vol- framli, ba’zan vanadiyli, niobiyli va b. anorganik izopolikislotalarning anionlari, shuningdek geteropolikis- lotalar va ularning guzlari kiradi. Geteropolikislotalarning geteropoli- anionlariga [ep+Me12o40]”8-“>-, [ep+ Me|2O42]<12—>-, [E°+ Me6o24]”2-“)- va b. misol bo’la oladi. Bu erda Me — volfram W yoki molibden mo, E — kom- pleks hosil qiluvchi atom (geteroatom). Geteropolikislotalar va ularning ba’zi tuzlari (rubidiy, tseziy, simob, ammo- niy ioni, og’ir metallar va organik asos- lardan tashqari) suvda va tarkibida kis- lorod bo’lgan erituvchilar (spirtlar, ke- tonlar, oddiy efirlar) da yaxshi eriydi. Suvli eritmalardan kristallogidratlar holida ajralib chiqadi. Kislotali va neytral muhitlarda nisbatan barqaror bo’lib, ish-Qoriy muhitda parchalanadi. Geteropolikislotalar suvli eritmalar- dan, mas, H3PO4+12Na2MoO4 + 12H2SO4 -> H3[PMol2O40J+12Na2SO4+12H2O reaktsiya asosida olinishi mumkin. Ge- teropolituzlar esa geteropolikislota- larni gidroksidlar yoki metallarning karbonatlari b-n neytrallash jarayo- nida hosil bo’ladi. G. antibiotiklarni ajratib olishda, katalizator sifatida (mas, olefinlarning oksidlanishida) qo’llaniladi. G.ning hosil bo’lishidan analitik kimyola margimush, qalay, sur- mani ochishda, rubidiy, tseziy, fosfor, molibden va b.ni fotometrik usudda aniqlashda foydalaniladi. Ba’zi G. lok, bo’yoq i.ch.da qo’llaniladi.