GETEROTOPIYA
GETEROTOPIYA (getero… va Yun. Topos — joy) — evolyusiya jarayonida- gi embrional rivojlanishda biron-bir organ o’rnining o’zgarib qolishi. G. ter- minini 1874 y. E. Gekkel taklif etgan. U tuban ko’p hujayrali hayvonlarda jinsiy bezlari odatda ekto yoki endoder- mada, yuksak hayvonlarda mezodermada joylashganligini ko’rsatadi. Ayrim Su- yakli baliqparda qorin juft suzgichlari ko’krak juft suzgichlarining orqasida emas, balki ularning oldida joylashgan- ligi g.ga misol bo’ladi.