Geteroxromatin

Geteroxromatin (getero… va xromatin) — hujayra tsikli davomi- da xromatinnit kondensirlangan (zich taxlangan) qismlari. G. mitozdavrida euxromatinga nisbatan jadal bo’yaladi va yorug’lik mikroskopida hatto Inter- faza davrida ham ko’rinadi. G. genetic jihatdan inertligi va o’zida deyarli genlarni saqlamasligi to’g’risida tax- minlar mavjud. G.li qismlar xromoso- ma bo’ylab tarqalgan bo’lib, odatda tsen- tromerata yaqin joylashadi. G. haqiqiy va fakultativ bo’ladi. Haqiqiy G. hujayralarning interfaza davrida ham o’z holatini saqlovchi xromosoma uchast- kasidir; fakultativ g. esa hujayra tsiklining ma’lum bir bosqichida faol bo’ladi. G. ko’pchilik hayvonlarning ayniqsa jinsiy xromosomalari uchun xosdir. G.ni sun’iy yo’l b-n (mas, past harorat ta’sirida) olish mumkin.