Geterozigotalik

Geterozigotalik (Yun. Gete- ro… va zigota) — genotipa muayyan gen- ning turlicha allellariga ega bo’lgan organizmlar holati. Geterozigotatl or- ganizmlar genning har xil — A yoki a allellariga ega bo’lgan gametalarning qo’shilishidan hamda gomozigotali (q. Go- mozigotalik) organizmlar genotipidagi bir dominant (A-“a) yoki resessiv gen (a—>A) mutasiyasi natijasida hosil bo’lishi mumkin. Mas, g’o’zaning hosil (simpodiya) shoxlari tipi bo’yicha al- ternativ (keskin farqlanuvchi) belgili (cheklanmagan — SS va cheklangan shoxli — ss) liniyalari chatishtirilganda Ss Ge- notipli (monogeterozigota) g’o’za hosil bo’ladi. Shu gen bo’yicha monogeterozigo- talik S—”s yoki s—>S ko’rinishida Vu- judga keluvchi mutasiya natijasida ham yuz berishi mumkin. Organizmlar mono-, Di – va poligete-rozigotali bo’ladi. Bir juft allelli organizmlar (AA) mono- geterozigotali, ikki juftligi (AA, Vv) digeterozigotali, uch juftligi esa (AA, Vv, SS) — Trigeterozigotali va uch juftdan oshiq allellari bo’lsa — po- ligeterozigotali deb ataladi. Ma’lum bir genning o’z alleli ustidan domi- nantligi to’liq bo’lmasa fenotip bo’yicha organizmning geterozigota ekanligini aniqlash oson, chunki genotipning Gete- rozigota (AA) holatida fenotipda na- zarda tutilgan belgining oraliq shaklda namoyon bo’lishi kuzatiladi. Bunday sig- nal (darak beruvchi) belgilar eksperi- mental mutagenez bo’yicha tadqiqotlarda mutasiyalarning birinchi avlod (M,)da yuz berishini hisobga olishda muhim ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. G’o’zadagi barg plastinkasining shakli, o’simlik va tola ranglari va b. shunday belgi- lar hisoblanadi. Organizmdagi G. ko’p hollarda geterozista olib keladi. Abdurafi Ashatov.