Getlar

Getlar (Getae) — daklarga qardosh bo’lgan qad. frakiy qabilalari; mil. AV. 5-a.da Bolqon ya. o. b-n Dunay daryosi oralig’idagi hududda yashashgan (Gero- dot). Mil. AV. 512 y.dadoro I ga qattiq qarshilik ko’rsatgan. G.ga qarshi Alek- sandr (Iskandar Maqsuniy) ham urush- gan. Mil. AV. 1-a.da g. Dunayning quyi oqimining har ikki tomoni — g’arbda Osim daryosidan sharkda qora dengiz qirg’oklarigacha yoyilgan hududda yashagan (Ptolemey, Strabon, Ovidiy). G.ning asosiy mashg’uloti — dehqonchilik va chorvachilik. Mil. AV. 1-a.ning 60-y.lari- da g. qudratli harbiy qabila Ittifoqi barpo etgan va birmuncha muddat G’arbiy Pont shaharlarida Rim hukmronligiga chek qo’yilgan. Mil. AV. 29-27 y.larda Rim sarkardasi Mark Krase g.ni Rim- ga tobe ettirgan, birok Rimning hukmronligi mustahkam emasdi, chunki g. ozodlik urushini davom ettirmoqsa edi- lar. Faqat 106 y. Trayan G.ni uzil-kesil bo’ysundirib, ularni yangi tashkil etil- gan Rim viloyati Dakiya tarkibiga ki- ritgan. G.ning ozodlik kurashi ayniqsa 3-a.da, var-varlarning Rim imperiyasiga hujumi davrida kuchaygan. Natijada Da- kiyada Rim hukmronligilvreliandavri (270— 275) ga kelib barham topgan.