Gey-Lyussak (Gay-Lussac) Jozef Lui

Gey-Lyussak (Gay-Lussac) Jozef Lui (1778.6.12, San-Leonar -1850.9.5, Parij) — frantsuz kimyogari va fizi- gi. Parij Faa’zosi (1806), Peterburg FA xorijiy faxriy a’zosi (1826). 1802 y.da Dalotondan mustaqil ra- vishda gazlarning issiqdan kengayish qonunini kashf etdi (q. Gey-Lyussak ko- nunlari). 1808 y.da gazlarning o’zaro bi- rikishida hajmiy nisbatlar qonunini va shu yili L. Tenar b-n hamkorlikda o’yuvchi natriy va kaliy ishqorlarini te- Mir qirindisi ishtirokida qizdirib, natriy va kaliy olish usulini ishlab chikdi. Birinchi bo’lib 1811 y.da sof TSI-anid kislota hosil qildi. G.-L. tuzlar- ning suvda eruvchanlik diagrammasini tuzib, analitik kimyoda hajmiy ana- Liz usullari (titrlash, alkalimetriya, asidimetriya)ni joriy qildi. 1827 y. sulfat kislota i. ch.ning nitroza usu- lini takomillashtirdi; sulfat kislo- ta z-dlarining qo’rg’oshin kameralarida hosil bo’ladigan azot oksidlarini yut- tirish uchun maxsus minoralar qurishni taklif etdi va ularni ishga tushirdi. Gigrometr, spirtometr, barometr, ter- mometr, nasosga o’xshash bir qancha asbo- Blarni ixtiro qildi.